O‘zbekistonda eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjudligini aytdi. Bu haqda айни daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Shuningdek, 137 ta mahallaдаги 431 ta ikki qavatli uylar avariya holatida. Xuddi shu kabi, 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta’minoti qoniqarsiz ahvolda.

Qishloqlarga infratuzilma borsagina, tadbirkorlik rivojlanishini, qo‘shilgan qiymat yaratilishini barcha rahbarlar chuqur anglab yetishi kerak.

Shu sababli, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari, mutlaqo yangi yondashuvlar asosida shakllantirildi.

«Topshirig‘imga ko‘ra, 206 ta tuman va shahar hokimlari, yo‘l, elektr, kommunal xizmat va tadbirkorlikka mas’ul rahbarlar bilan birma-bir gaplashilib, qishloq va mahalla aholisi bilan maslahat qilinib, 8 mingta mahallada bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar belgilab olindi», — dedi prezident.

Bunda, obodonchilik bilan bir qatorda, «temir daftar», «ayollar» va «yoshlar» daftarlariga yangi ishlab chiqarish ob’ektlari, ish o‘rinlari yaratish, aholini ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish orqali, ularni ushbu ro‘yxatlardan chiqarish masalalari ham ko‘zda tutilgan.