«Gazeta.uz» muxbiri xabar berishicha, Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.
Bunga qadar Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldinroq u mamlakatning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakil bo‘lib ishlagan.