Toshkent shahar Yangihayot tumanida ayol 8 oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Fuqaro N.J. fuqaro N.ga 2020 yil iyul oyida tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 10 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.