21 mart kuni ijitmoiy tarmoqlarda 6 nafar ayolning yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgani aks etgan video tarqalgan edi. 23 mart kuni Urganch shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi olti nafar ayolning yarim-yalang‘och holda sumalak pishirish ishi bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi.

Ayollarning 3 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jazo 23 mart soat 11:30 dan boshlab hisoblanadi. Shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun sutkasiga BHMning 15% miqdorida jami 551 200 so‘m undirilishi belgilandi.

Yana uch nafar ayol Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, oilaviy ahvoli, farzandlari borligi inobatga olinib, BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi