Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi tarqalishini e’lon qildi, vaziyat favqulodda holat deb tasniflanib, murakkabligi ikkinchi darajali, deya xabar bermoqda RIA Novosti JSST rasmiy bayonotiga tayanib.

18 mart holatiga ko‘ra, Tojikistonda aylanma vaksinadan kelib chiqqan 2-turdagi poliovirus (sPVVP2) bilan kasallangan bolalarda falaj kasalligining to‘rtta holati qayd etildi.

8 mart kuni JSST Tojikistonda aniqlangan sVDPV2 holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdi va epidemiyani ikkinchi darajali favqulodda holat deb tasnifladi.

Xabar qilinishicha, sVDPV2 ning birinchi holati, o‘tkir shol falaji boshlanishi bilan birga o‘tgan yilning 22 noyabrida Xatlon viloyatida qayd etilgan va hozirda Pokistonda aniqlangan virus turi bilan bog‘liq. Ikkinchi falaj holati shu yilning fevral oyida Xatlon viloyatida o‘tkir shol falaji belgilari bo‘lgan bolada tasdiqlangan. 8 mart kuni Hisor shahrida huddi shu belgilar bilan bolalar falajning yana ikki holati tasdiqlandi.

Bundan tashqari, cVDPV2 Dushanbedagi yangi tashkil etilgan kuzatuv maydonchasida olingan uchta ekologik namunada ham aniqlandi.

JSSTning bayonotida aytilishicha, epidemiyani puxta tekshirish ishlari olib borilmoqda. Mutahassislarning kasalxonalarga tashrif buyurishi, vaksinatsiyani qamrab olish ma’lumotlarini submilliy darajalardan o‘rganishi shular jumlasidan.

2021 yil fevral oyida mamlakatda 2-turdagi poliovirus vaksinasini o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan barcha bolalar kasallikni rivojlanishidan va virus bilan aloqa qilishda falajdan saqlanishini ta’minlash uchun inaktivatsiyalangan poliovirus vaksinasi (IPV) yordamida rejalashtirilgan umummilliy emlash kampaniyasi yakunlangan edi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi JSST bayonotiga hozircha izoh bermadi, deyiladi xabarda.