Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan, «Amirsoy» sihatgohiga olib boruvchi yo‘lning 3-kilometrida, 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Bu xaqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: YHXBB

Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 «Toshkent-Chimyon» avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.

Dam olishga borishni reja qilgan fuqarolardan vaqtincha «Amirsoy» tomon harakatlanmaslik so‘raladi, deyiladi xabarda.