Toshkentning 10 ta ko‘chasida pulli «parkovkalar» ochilishi mumkin
27 mart 2021, 11:52

Toshkentning 10 ta ko‘chasida pulli «parkovkalar» ochilishi mumkin

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chalarida esperimental tarzda parkomatlar tashkil etilishi taklif etilmoqda. To‘lovlar maxsus talon yoki shartnoma asosida naqd va plastik kartalar orqali amalga oshiriladi. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va maxsus avtomashinalar mazkur parkomatlardan bepul foydalana oladi.

2020 yilda partiyalar hisob raqamiga deyarli 100 mlrd so‘m kelib tushgan
27 mart 2021, 10:48

2020 yilda partiyalar hisob raqamiga deyarli 100 mlrd so‘m kelib tushgan

Siyosiy partiyalar rahbarlari 2020 yilda partiya faoliyatining moliyalashtirilishi va uning manbalari to‘g‘risida hisobot berishdi. O‘zLiDeP partiyasiga 35,3 mlrd so‘m kelib tushgan, bu partiyalarga o‘tkazilgan eng ko‘p mablag‘ hisoblanadi. Milliy tiklanish va O‘zLiDeP partiyalarining asosiy moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti bo‘lgan. XDP xarajatlarining 48 foizi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Uyda tayyorlaymiz: sog‘lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar
27 mart 2021, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: sog‘lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz dan ajoyib yangilik — 6 ta mazali va xilma-xil taomlar retseptlari.

Qaysi hududda shaxsiy avtomashinalar ko‘pligi ma’lum qilindi
27 mart 2021, 10:16

Qaysi hududda shaxsiy avtomashinalar ko‘pligi ma’lum qilindi

1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 2 955 295 tani tashkil etmoqda.

27 mart kuni xitoy-o‘zbek vaksinasi 1 mln dozada olib kelinmoqda
27 mart 2021, 09:46

27 mart kuni xitoy-o‘zbek vaksinasi 1 mln dozada olib kelinmoqda

Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi vaksina 27 mart kuni O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. Mazkur vaksina 95 foizlik samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilingan edi.

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
27 mart 2021, 09:31

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 mart 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda Ozodlik kunida 200 dan ortiq kishining hibsga olingani, Nur-Sultondagi reanimatsiya bo‘limlarining COVID-19ga chalingan bemorlar bilan to‘lib ketgani, Xiaomi’ning elektromobillarni ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiyaga parvoz qiladigan o‘zbekistonliklar mamlakatga kirishi uchun asos ko‘rsatishi kerak bo‘ladi
26 mart 2021, 18:46

Rossiyaga parvoz qiladigan o‘zbekistonliklar mamlakatga kirishi uchun asos ko‘rsatishi kerak bo‘ladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 1 apreldan yo‘lga qo‘yilayotgan Toshkent va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlarda kimlar parvoz qila olishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.

Yaponiya O‘zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi
26 mart 2021, 17:37

Yaponiya O‘zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi

Koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Yaponiyadan 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit oldi.

Qarshida “Amerika burchagi” ochildi
26 mart 2021, 17:00

Qarshida “Amerika burchagi” ochildi

Qarshida ingliz tilida o‘quv va madaniy materiallardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Amerika burchagi” ochildi. Shuningdek, u yerda AQSHdagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo‘lganlarga maslahat xizmatlarini bepul ko‘rsatadigan markaz ham xizmat qiladi.

Diplomlari maxsus sinovlarsiz qabul qilinadigan chet el OTMlari ro‘yxati tasdiqlandi
26 mart 2021, 16:46

Diplomlari maxsus sinovlarsiz qabul qilinadigan chet el OTMlari ro‘yxati tasdiqlandi

Diplomlari O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Dam olish kunlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoda
26 mart 2021, 16:36

Dam olish kunlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoda

O‘zbekistonda dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi va haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi
26 mart 2021, 16:31

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi

Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.

Davlat tilini rivojlantrish departamenti lotin yozuvidagi o‘zgartirishlarga munosabat bildirdi
26 mart 2021, 16:16 1

Davlat tilini rivojlantrish departamenti lotin yozuvidagi o‘zgartirishlarga munosabat bildirdi

Davlat tilini rivojlantirish departamenti ta’kidlashiga ko‘ra, lotin yozuviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar barcha harflarning zamonaviy gadjetlar klaviaturalarida bo‘lishida, transliteratsiya dasturlarida kirill alifbosidagi adabiyotlarni tezkor va xatosiz o‘girishiga xizmat qiladi.

Ayrim pensionerlarning oylik pensiyasi 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi
26 mart 2021, 14:27

Ayrim pensionerlarning oylik pensiyasi 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi

Prezident farmoni bilan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshirilmoqda. Bundan tashqari, «Saxovat» va «Muruvvat» uylari rahbar xodimlarining oylik maoshlari 1,2 baravardan 2 baravargacha oshiriladi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi
26 mart 2021, 12:38

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va pansionatlar agentlik tizimiga o‘tkaziladi. Muassasalar rekonstruksiyasiga 428 mlrd so‘m ajratiladi.

O‘zbekistonda poliomelit kuzatuvi kuchaytirildi
26 mart 2021, 12:04

O‘zbekistonda poliomelit kuzatuvi kuchaytirildi

Qo‘shni mamlakatlarda poliomelit epidemiyasi boshlanganligi sababli O‘zbekistonda ushbu xavfli kasallikning epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish maqsadida chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda Nexia yuk mashinasiga urildi. 4 nafar fuqaro vafot etdi
26 mart 2021, 11:05

Qashqadaryoda Nexia yuk mashinasiga urildi. 4 nafar fuqaro vafot etdi

Qashqadaryoda 7 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Nexia yuk mashinasiga urildi. Nexia`dagi 4 nafar fuqaro vafot etdi, yana 3 nafari jiddiy tan jarohatlari olgan.

Finlyandiya yana eng baxtli mamlakat deb topildi
26 mart 2021, 10:58

Finlyandiya yana eng baxtli mamlakat deb topildi

World Happiness Report hisobotining 2021 yilgi reytingida Finlyandiya dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. 95 ta mamlakatdan iborat reytingda bu yil O‘zbekiston o‘rin olmagan. O‘rtacha uch yillik davrda (2018−2020) baxtli mamlakatlar reytingida esa O‘zbekiston uch pog‘ona pastlab, 42-o‘rinni egalladi.

Qishloq vrachlik punkti o‘rniga zamonaviy klinika qurmoqchi bo‘lganlar 2 bemor tomonidan kaltaklandi
26 mart 2021, 10:15

Qishloq vrachlik punkti o‘rniga zamonaviy klinika qurmoqchi bo‘lganlar 2 bemor tomonidan kaltaklandi

Namanganda 2 nafar fuqaro qishloq vrachlik punkti o‘rniga klinika qurishni rejalashtirganini ma’lum qilganidan so‘ng, ularni o‘sha yerda davolanayotgan 2 bemor haqoratlab, kaltakladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting