Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya mamlakat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga xabar bermoqda.

Putin Rossiyaning uchta vaksinasidan qaysi birini tanlaganiga aniqlik kiritilmadi.

Peskov «Rossiyaning uchta vaksinasi mutlaqo ishonchli va samarali» ekanligini ta’kidlagan holda, Kreml ataylab prezidentning qaysi vaksina bilan emlangani ko‘rsatilmayotganligi haqida aytib o‘tdi.

«Rossiya rahbarining emlanishi boshqa mamlakatlardagi ba’zi siyosatchilar singari ommaviy tadbirdek bo‘lmadi. Kameralar ostida emlash masalasiga kelsak, Putin buni yoqtirmaydi», — deyiladi xabarda.