UzAuto Motors kompaniyasi 2021 yil uchun yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellariga shartnomalar tuzishni boshlangannini e’lon qildi.

Chevrolet Equinox boshlang‘ich komplektatsiya 260, mln so‘mdan, RS komplektatsiyasi esa 360 mln so‘mdan (narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan) sotuvga chiqariladi.

Chevrolet Equinox RS komplektatsiyasidagi mashina to‘liq svetodiod optikasi, adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol, orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantirish tizimi, ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi, old o‘rindiq ventilyatsiyasi, premium dinamik tizim, xavfsizlikni ta’minlash tizimi (piyodalarni aniqlash, to‘qnashuv xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish, yo‘l chiziqlarini nazorat qilish va hokazo).

Yangilangan Chevrolet Tracker`ning LT va Redline komplektatsiyasi o‘zining klimat-kontroli, haydovchi o‘rindig‘ida elektron boshqaruv imkoniyati va sun’iy teri bilan qoplangan o‘rindiqlarining mavjudligi bilan avvalgi modellardan ajralib turadi.

Boshlang‘ich komplektatsiya avtomobil narxi 145,13 million so‘mdan, LT komplektatsiyada — 201,74 million so‘m, Redline komplektatsiya — 208,696 million so‘mdan.

Foto

Chevrolet Equinox



Chevrolet Tracker