Sport va jangovar sambo bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati 12−14 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) matbuot xizmati.

«Bizga Jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasidan kelib tushdi. Toshkent 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishini yodda tutgan holda, men O‘zbekistonga ushbu chempionatni o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishni maqsadga muvofiq deb bilaman», — dedi FIAS prezidenti Vasiliy Shestakov.

Sportchilar 21 medallar to‘plami uchun kurash olib borishadi — 14 tasi sport sambosi (erkaklar va ayollar o‘rtasida yettitadan) va yettitasi jangovar sambo (erkaklar o‘rtasida), deb xabar beradi RIA Novosti.

Musobaqa noyabr oyida Moskvada o‘tkazilishi kerak edi, ammo Sport arbitraj sudining (CAS) dekabrdagi qarori tufayli Rossiya ikki yil davomida Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga da’vo qila olmaydi. Shuning uchun Xalqaro sambo federatsiyasi va Butunrossiya sambo federatsiyasi musobaqani boshqa mamlakatga o‘tkazishga qaror qildi.