30 mart kuni O‘zbekistonga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif uyushtiradi.

Tashrif davomida Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar davomida ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.

Xabarda aytilishicha, vengriyalik biznes vakillari ham Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik hamkorlari bilan iqtisoliy va savdo imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib borishadi.