Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2021 yil uchun diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi (ro‘yxat).

Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

  • ARWU — The Academic Ranking of world Universities;
  • THE — Times Higher Education;
  • QS — Quacquarelli Symonds World University Rankings.

Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.