27 mart kuni Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Xitoydan 1 mln dozada olib kelinadi. Bu haqda rasmiy Vaksina.uz Telegram kanali xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vaksina 0,8 foizlik ehtimoliy zarar va 95 foizlik samaradorlik ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ushbu vaksinani O‘zbekistonda Jurabek Laboratories korxonasi ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edik.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi va ikki nafar Qozog‘iston elchixonasi xodimlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan edilar.