Rossiyaga parvoz qiladigan o‘zbekistonliklar mamlakatga kirishi uchun asos ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 1 apreldan tiklanayotgan muntazam aviaparvozlar yuzasidan bergan bayonotida bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur reysdan Rossiyaga kirish bo‘yicha mamlakat hukumatining 2020 yil 16 martdagi farmoyishida nazarda tutilgan cheklovni hisobga olmaganda, O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik va xorijliklar foydalanishi mumkin.

Aviatashuvchilar va reyslar amalga oshiriladigan sanalar haqida ikki mamlakat o‘rtasida kelishuvga erishilganidan keyin ma’lum qilinadi.

Toshkent-Moskva yo‘nalishida amalga oshiriladigan qolgan reyslar charter bo‘lib qoladi. Yuqorida aytib o‘tilgan farmoyishga ko‘ra, Rossiyaga kirish uchun chipta xarid qilishda asos bo‘lishi shart.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan boshlab haftasiga bir marotaba Moskva-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi.