2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 2 955 295 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni:

  • Toshkent shahri — 479 544 ta;
  • Samarqand viloyati — 344 470 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 302 771 ta;
  • Toshkent viloyati — 273 943 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 241 171 ta;
  • Andijon viloyati — 208 814 ta;
  • Namangan viloyati — 201 443 ta;
  • Xorazm viloyati — 199 858 ta;
  • Buxoro viloyati — 195 093 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 160 417 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 121 950 ta;
  • Navoiy viloyati — 80 343 ta;
  • Jizzax viloyati — 79 820 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 65 658 ta.