21 mart kuni Muborak tumanida Nexia avtomashinasi yuk mashinasiga urilib, YTH sodir etdi. Bu haqda Zamon dasturi xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘sha kuni to‘y boshlab qo‘ygan oila vakillari kelinni salonga olib borish uchun Nexia avtomashinasiga chiqishadi. Mashina salonida 7 nafar fuqaro bo‘lgan.

Ob-havo tumanli ekanligiga qaramay, haydovchi tezlikni oshiradi va yuk mashinasiga borib uriladi.

Mashinada bo‘lgan kuyovning otasi va 2 qarindoshi voqea joyida, kelinning xolasi shifoxonada vafot etdi. Qolgan uch nafar yo‘lovchi jiddiy jarohatlar olgani aytilmoqda.