Namangan viloyatida qishloq vrachlik punkti o‘rniga zamonaviy klinika qurishni rejalajtirgan fuqarolar 2 nafar bemor tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, 23 mart kuni soat 11:00 larda Chortoq tumani Saroy MFY. hududidadagi QVP binosiga 33 yoshli M.Yu. va 35 yoshli Sh. Yu.lar kelib, ma’muriyatga ushbu binoni bo‘shatib berishlarini ma’lum qiladi.

Ular vrachlik punkti o‘rniga zamonaviy klinika qurmoqchi ekanliklarini bildirganlarida, u yerda davolanayotgan 37 yoshli F.T., va 31 yoshli A.M.lar ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazadilar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida M.Yu. hamda Sh. Yu.larda yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan F.T. va A.M. larga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.