26 mart, juma kuni Kavkaz mintaqalaridan iliq va nam havo massasi kirib kelishi bilan O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin va shamolning tezligi 15−20 m/s gacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi.

27 mart kuni mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +17…+22 daraja issiq bo‘ladi.

28 mart kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 mart — mamlakatning butun hududi Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni yomg‘ir momaqaldiroq bilan birga bo‘ladi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

28−29 mart kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 martda havo harorati +6…+11 darajada bo‘ladi.