O‘zbekistoda poliomiyelit va o‘tkir shol falajining (O‘SHF) faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabarida aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda poliomiyelit kasalligi uchramaydi, lekin chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar mahalliy aholiga yuqtirishi mumkin. Shu kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qo‘shni Tojikistonda poliomelit epidemiyasi boshlanganligi haqida xabar berdi. Vaziyat favqulodda holat deb tasniflanib, murakkabligi ikkinchi darajali ekanligi aytilmoqda. Poliomiyelit Afg‘onistonda ham qayd etilmoqda.

O‘tkir paralitik falajni nazorat qilish bo‘yicha epidemiologik vaziyatni o‘rganish uchun Sanitariya xizmati mutaxassislari Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyatiga safar uyushtirdi. Shuningdek, davlat chegarasining sanitariya nazorati punktlarida (SNP) va davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirishni tashkil etish va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashga tayyorlash bo‘yicha amaliy va maslahat yordami ko‘rsatilgan.

Surxondaryo viloyati hududida yovvoyi poliovirusning 2-turi tarqalishining oldini olish maqsadida 10−20 mart kunlari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ommaviy emlash o‘tkazilgan.

Poliomelit nima?

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, poliomelit yuqori infeksiyali kasallik bo‘lib, uni viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimini shikastlaydi bir necha soatlarda umumiy falajlikka olib kelishi mumkin. Poliomelit asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni

Virus ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali o‘tadi, ichakda ko‘payadi va u yerdan asab tizimiga o‘tishi mumkin. Zararlanganlarning ko‘pida kasallik alomatlari bo‘lmaydi, lekin axlat chiqarganda virusni ham chiqaradi va shu orqali virusni boshqa odamlarga uzatishi mumkin.

Zararlanishning har 200 ta holatidan birida umrbod falajlik (asosan oyoqlorda) yuzaga keladi. Birinchi alomatlar — isitma, toliqish, bosh og‘rig‘i, qayd qilish, oyoq-qo‘llardagi og‘riqlar, bo‘yin qotib qolishi.

Poliomiyelit davolanmaydi, uning oldini faqat emlash bilan olish mumkin. Bir necha marotaba yuborilgan vaksina bolani deyarli butun umri davomida himoya qiladi.