Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Tovuqli pasta


Tovuq va pomidordan tayyorlanadigan ushbu spagetti uyingizni xushbo‘y isga to‘ldiradi. Bunday taom o‘zining tez tayyorlanishi bilan qulay, qolaversa bunday spagetti parhez tutayotganlarga ham mos keladi.

Qiyma bilan to‘ldirilgan bulg‘or qalampirlari


Tovuq go‘shti va qo‘ziqorin solib pishiriladigan bulg‘orilar oddiy do‘lmalarga nisbatan anchagina parhezbop hisoblanadi. Shunga qaramasdan ta’m va ko‘rinish jihatidan ulardanda yaxshiroq bo‘lib chiqadi.

Baliqli kotletlar


Bunday baliqli kotletlar shu darajada mayinki, og‘izda erib ketganini ham sezmay qolasiz. Bunday taom o‘z qomatiga ahamiyatli va har tomonlama foydali taomlardan iste’mol qiluvchilarga juda asqotadi.

Frikadelka va qovoqchali lapshadan tayyorlangan yengil sho‘rva


Bunday yengil sho‘rvani tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt kifoya qiladi. Unga solinadigan qovoqcha esa taomning yanada mayinroq chiqishini ta’minlaydi.

Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom


Sabzavotlar va tovuq solib pishirilgan guruchli taom juda to‘yimli bo‘lib, issiqligida ham, ertasi kuni isitib yeyishga ham juda qulay.

Qo‘ziqorin bilan pishirilgan grechkali lapsha


Grechkali lapsha o‘zida nafaqat kerakli miqdordagi uglevodlarni, balki to‘liq oqsilni ham saqlaydi. Agar unga brokkoli va qo‘ziqorindan solinsa, to‘yimli tushlik tayyor deyavering.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15