Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT
2 iyul 2021, 11:38

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT

COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqaro turizm to‘rt trln dollar zarar ko‘rishi mumkin. Turizm sohasining tiklanishi ko‘p jihatdan vaksinalardan foydalanish imkoniyatining mavjudligiga bog‘liq, deya hisoblaydi BMT ekspertlari.

Yarim yilda qariyb 500 ta davlat mulki 1,1 trln so‘mga sotildi
2 iyul 2021, 11:27

Yarim yilda qariyb 500 ta davlat mulki 1,1 trln so‘mga sotildi

O‘zbekistonda shu yilning birinchi yarmida 478 ta davlat mulki 1,1 trln so‘mga sotildi. Prezident videoselektorda sotilishi belgilangan 288 ta mulk savdolarga chiqarilmaganini tanqid qildi. Qolaversa, davlat korxonalari va banklari ixtiyoridagi ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan 511 ta obyekt haligacha sotilmasdan turgani aytildi.

1 iyul kuni O‘zbekistonda 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 495 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi
2 iyul 2021, 10:50

1 iyul kuni O‘zbekistonda 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 495 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 495 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 313 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Xalq ta’limi vaziri koronavirusga qarshi emlandi
2 iyul 2021, 10:36

Xalq ta’limi vaziri koronavirusga qarshi emlandi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 ga qarshi xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi
2 iyul 2021, 10:01

Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning AQSh davlat kotibi Entoni J. Blinken bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat kotibi AQShning O‘zbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirib, O‘zbekistonning Afg‘onistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishini doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qayta ochilmoqda
2 iyul 2021, 02:27

Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qayta ochilmoqda

Toshkentdagi «Yoshlik» va «Universal» sport majmualari hamda «O‘zekspomarkaz»da joylashgan koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari faoliyati qaytadan yo‘lga qo‘yilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev markazlarni dushanba kuniga qadar to‘liq ochishni topshirdi. Prezident bir necha oy ichida ilk bor masofaviy formatda yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat mulklarini «1 so‘m» qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi
1 iyul 2021, 23:14

Davlat mulklarini «1 so‘m» qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi

Prezident davlat korxonalari hamda banklarning asosiy faoliyatga xos bo‘lmagan va bo‘sh turgan obyektlarini to‘liq qaytadan xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat mulklarini «1 so‘m» qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi. obyektlar bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 iyul 2021, 21:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyning 100 yillik maqsadiga erishgani, AQShda 80 ga yaqin kishining issiqlik tufayli vafot etgani, 2020 yilda dunyodagi millionerlarning umumiy boyligi 79,6 trln dollarni tashkil etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Pirogov nomidagi RMTTUning Toshkentdagi filiali ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi
1 iyul 2021, 21:25

Pirogov nomidagi RMTTUning Toshkentdagi filiali ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkentdagi filiali eski ToshMI binolariga joylashtiriladi va ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi.

1 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 iyul 2021, 20:30

1 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident bilan yoshlar bilan uchrashuvi, YTHlarga oid o‘tgan 5 oydagi statistika, Andijon viloyati hokimining qizining to‘yi, Bosh prokuratura tomonidan yangi ishga tushirilgan telegram-bot — “Gazeta.uz"ning 1 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi
1 iyul 2021, 19:02 1

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.

«Agrobank» fermerlar maktabiga ikkinchi o‘quv mavsumi uchun qabul boshlandi
1 iyul 2021, 19:00

«Agrobank» fermerlar maktabiga ikkinchi o‘quv mavsumi uchun qabul boshlandi

«Agrobank» yo‘lga qo‘ygan fermerlar maktabidagi ikkinchi mavsum avgustdan sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Arizalar 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Sho‘rtandagi yong‘inda korxonaning bir ishchisi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 18:49

Sho‘rtandagi yong‘inda korxonaning bir ishchisi halok bo‘ldi

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Sho‘rtan bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin
1 iyul 2021, 18:45

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin

Bosh prokuratura tomonidan “YER NAZORATI” telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘ladi.

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati
1 iyul 2021, 18:36

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati

Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi
1 iyul 2021, 17:02

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi

AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi
1 iyul 2021, 17:00

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida so‘nggi besh kun ichida 500 ga yaqin o‘lim holatlari qayd etildi. Aksariyat hollarda odamlar anomal issiq ob-havo tufayli vafot etgani aytilmoqda.

“Qamchiq”da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 16:39

“Qamchiq"da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.

6−8 iyul kunlari issiq ko‘tarilishi kutilmoqda
1 iyul 2021, 16:20

6−8 iyul kunlari issiq ko‘tarilishi kutilmoqda

6−8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
1 iyul 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 3,41 so‘mga pasaydi va jami 10 587,59 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting