O‘zgidrometning xabar berishicha, 3−5 iyulda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari +39…+41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida +42…+44 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.

6−8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan +5…+8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo +41…+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 gacha isiydi.