2 iyul kuni Toshkent shahridagi 47-son oilaviy poliklinikada xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

U xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olgan.

Avvalroq, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini olganligi, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etganligi uchun emlangani haqida xabar bergan edik.