BMT Taraqqiyot Dasturi va GEJ Toshkentda elektrobuslar sotib olishga $3,9 mln ajratadi

Toshkent uchun BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida elektrobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Pilot loyiha shaharda “yashil transport yo‘lagini” joriy etishni nazarda tutadi. Olti yillik loyihaning donorlari 3,9 mln dollar ajratdilar.

USAID qishloq xo‘jaligi sohasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qildi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.

Avariyalar natijasida 5 oyda 770 kishi halok bo‘ldi

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 2960 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 2365 kishi jarohatlangan, 770 kishi esa vafot etgan.

Prezident yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator choralarni e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan biror kasb yoki hunarni egallash majburiy etib belgilanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kengash va idora rahbarlarigiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlanishi belgilanmoqda. Xalqaro nufuzli reytinglarda minggtalikka kirgan oliygohni tugatgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2021 yilning yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.

Yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi

Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, “Daftarlar"ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10 iyulda ochiladi

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi orqali avtotransport vositalari harakati 10 iyuldan sinov rejimida boshlanadi. Litsenziyali taksilar, sayyohlar avtobusi va chet ellik delegatsiyalar transportlarining kirishiga ruxsat beriladi.

Shavkat Mirziyoyev haykallar oldida noma’qul harakatlar qilgan tiktokerlarni tanqid qildi

Prezident Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida ayrim tiktokerlar tomonidan sodir etilgan noma’qul harakatlar uni ranjitganini aytib, ularni tanqid qildi. “Bu bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o‘qituvchi va muallimlari¸ qolaversa, mahalla-ko‘y, yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul mutasaddilar qayerga qarayapti?”, — dedi u. Qolaversa, bu kabi huquqbuzarlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi ma’lum qilindi.

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi

AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati

Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha sinov loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin

Bosh prokuratura tomonidan “YER NAZORATI” telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘ladi.

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.