Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 835 380 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 256 286 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 252 097 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 326 997 nafarni tashkil qildi.

1 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 155 019 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 98 241 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 27 826, 3-bosqich emlanganlar 28 952 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (458 830 doza), Farg‘ona viloyatida (443 652 doza), Andijon viloyatida (423 884 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 495 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 1 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 648 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 313 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 108 009 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 742 nafarni tashkil qildi.