Yangi o‘quv yilida maktablarda darslar gibrid shaklda davom ettiriladi
9 avgust 2021, 15:18

Yangi o‘quv yilida maktablarda darslar gibrid shaklda davom ettiriladi

Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021−2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.

AQSh O‘zbekistonga qiymati $330 mingdan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi
9 avgust 2021, 14:49

AQSh O‘zbekistonga qiymati $330 mingdan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi

AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan 240 ming dona tibbiy niqoblarning birinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur insonparvarlik yuki «Global Jewish Assistance and Relief Network» jamg‘armasi va Buxoro yahudiylari jahon kongressi tomonidan yetkazilgan.

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi
9 avgust 2021, 13:17

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi

9 avgustdan boshlab bir hafta davomida O‘zbekistondagi barcha emlash punktlarida xitoy-o‘zbek vaksinasining faqat birinchi dozasi bilan emlash ishlari amalga oshiriladi. Shu muddat ichida ushbu vaksinaning ikkinchi va uchinchi bilan emlanilmaydi. Bu ish vaksinatsiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish va emlash bo‘yicha hisob-kitobni to‘g‘rilab olish uchun qilinganligi aytildi.

Toliblar Afg‘oniston shimolidagi muhim shahar — Qunduzni egalladi
9 avgust 2021, 12:48

Toliblar Afg‘oniston shimolidagi muhim shahar — Qunduzni egalladi

Afg‘oniston shimolidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qunduz shahri «Tolibon» harakati vakillari tomonidan egallandi. Shahardagi janglar oqibatida halok bo‘lganlar orasida tinch aholi qurbonlari, ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Juma kuni harakat vakillari Zaranj va Shibarganni egallashgan.

IIV Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinova ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
9 avgust 2021, 12:40

IIV Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinova ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga tuhmat qilish uchun tarqatilgan videoda rasmiy nikohdagi er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilindi. Ularning harakatida qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistning obro‘sini to‘kishga qilingan harakat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta oxirida issiq havo biroz pasayishi kutilmoqda
9 avgust 2021, 11:53

Hafta oxirida issiq havo biroz pasayishi kutilmoqda

Haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Payshanba kuni O‘zbekistonga salqin havo kitib keladi. Havo harorati kunduz kunlari +30…+35 darajagacha pasayadi.

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov
9 avgust 2021, 11:39

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov

«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.

Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
9 avgust 2021, 11:33

Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston prezidentining haftalik ish jadvalidan neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga oid taqdimot o‘rin olgan.

8 avgust kuni O‘zbekistonda 856 kishida koronavirus aniqlandi
9 avgust 2021, 10:47

8 avgust kuni O‘zbekistonda 856 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 856 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 439 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Jamoatchilik va rasmiylar Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatladi
9 avgust 2021, 07:05

Jamoatchilik va rasmiylar Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatladi

Senat rahbari, ombudsman, Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov, davlat organlari, deputatlar va jamoatchilik Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Noma’lum shaxslar uning sha’ni va qadr-qimmatini toptaydigan montaj qilingan videoni e’lon qildi. Toshkent IIBB tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Xodimlari vaksina olgan kafe va restoranlarga kechki payt ham ishlashga ruxsat berildi
8 avgust 2021, 20:43

Xodimlari vaksina olgan kafe va restoranlarga kechki payt ham ishlashga ruxsat berildi

10 avgustdan boshlab xodimlari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasini olgan umumiy ovqatlanish obyektlari 20:00 dan keyin va yopiq binolarda ishlashlari mumkin bo‘ladi. Kafe va restoranlarga vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati bo‘lgan mijozlarni kiritish tavsiya etiladi.

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
8 avgust 2021, 19:21

Zomin milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari jalb etildi. Hodisa natijasida 10 sotix maydonning zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.

Veolia kompaniyasining Toshkent issiqlik ta’minoti bo‘yicha loyihasidan nimalar kutilmoqda?
8 avgust 2021, 14:48

Veolia kompaniyasining Toshkent issiqlik ta’minoti bo‘yicha loyihasidan nimalar kutilmoqda?

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda. Hukumat loyiha natijasida 30 yil davomida gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘m iqtisod qilinishi, issiqlik yo‘qolishining 44 foizdan 20 foizga qadar pasayishi va kreditor qarzdorlikning kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, tariflar ikki barobar ko‘proqqa oshadi.

Tokio-2020. Bahodir Jalolov Olimpiada oltin medali sohibi bo‘ldi
8 avgust 2021, 11:47

Tokio-2020. Bahodir Jalolov Olimpiada oltin medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finalida o‘z raqibini yengib, oltin medali sohibi bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.

7 avgust kuni O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus aniqlandi
8 avgust 2021, 10:53

7 avgust kuni O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 475 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Tokio-2020. Bokschi Bahodir Jalolov finalda Richard Torres bilan jang qiladi
8 avgust 2021, 07:55

Tokio-2020. Bokschi Bahodir Jalolov finalda Richard Torres bilan jang qiladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK
7 avgust 2021, 17:42

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
7 avgust 2021, 16:02

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Prezident yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va har bir olimpiya zaxiralari kollejida tegishli bo‘limlar, Milliy gvardiya huzurida Chavandozlar maktabi va Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi
7 avgust 2021, 11:18

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi

O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
7 avgust 2021, 11:06 1

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova oktyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida «Xalq» demokratik partiyasining nomzodi sifatida qatnashishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting