Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov (+91 kg) amerikalik raqibi Richard Torresga qarshi bahs olib bordi.

Bahodir Jalolov ushbu bahsda g‘alaba qozonib, O‘zbekistonga ushbu musobaqaning uchinchi oltin medalini olib keldi.

Finalgacha bo‘lgan yo‘lda o‘zbek bokschisi ozarbayjonlik Magomed Abdullayev, hindistonlik Satish Kumar va britaniyalik Freyzer Klarkni mag‘lub etgan edi.

Shu bilan Olimpiada o‘yinlari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yakunlandi. Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Foto

Video