Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ushbu davr me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi.

12 va 13 avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi.