Oksana Chusovitinaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi
13 avgust 2021, 16:06

Oksana Chusovitinaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va musobaqa ishtirokchilariga ham pul mukofoti beriladi
13 avgust 2021, 15:57

Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va musobaqa ishtirokchilariga ham pul mukofoti beriladi

Prezident topshirig‘i bilan Olimpiya chempionlarining murabbiylari — 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanadi. Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi
13 avgust 2021, 15:47

Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi

Prezident topshirig‘i bilan boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovning sport mahorat maktabi tashkil qilinadi.

Prezident «Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
13 avgust 2021, 14:57

Prezident «Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

11 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun rasmiy statistik raqamlarni tayyorlash uslublari hamda barcha uchun ochiq statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi qoidalarni belgilab beradi.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
13 avgust 2021, 14:33

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
13 avgust 2021, 14:20

Dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika hududiga salqin kirib kelishi davom etadi. Havo harorati +28…+31 daraja, kechasi va erta tongda esa harorat +13…+18 darajada bo‘ladi.

«Tolibon» Qandahor va Hirotni egalladi
13 avgust 2021, 13:09

«Tolibon» Qandahor va Hirotni egalladi

«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri Qandahorni va eng yirik provinsiyalaridan biri Hirotni egalladi.

Fransiya O‘zbekistonga 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasini yubormoqda
13 avgust 2021, 12:57

Fransiya O‘zbekistonga 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasini yubormoqda

14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.

Bo‘stonliqda 16 gektar yerni 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
13 avgust 2021, 12:16

Bo‘stonliqda 16 gektar yerni 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida hokim qarori bilan bog‘ yaratish uchun ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi
13 avgust 2021, 11:57

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi

Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

«Jinoyat kodeksiga „Kelajakka xiyonat“ bobini qo‘shish kerak» — Alisher Qodirov
13 avgust 2021, 11:38

«Jinoyat kodeksiga „Kelajakka xiyonat“ bobini qo‘shish kerak» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan munosabat bildirdi. Deputat Jinoyat kodeksiga bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda «vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarning xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga» nisbatan choralar belgilanishini taklif qildi.

12 avgust kuni O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus aniqlandi
13 avgust 2021, 10:53

12 avgust kuni O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 521 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlandi
13 avgust 2021, 09:28

Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar zaharlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida, 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan va 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Bolalar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra botulizm tashxisiga gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiyda gaz quyish shoxobchasidagi portlashda to‘rt kishi jarohatlandi
13 avgust 2021, 08:31

Navoiyda gaz quyish shoxobchasidagi portlashda to‘rt kishi jarohatlandi

Navoiydagi gaz quyish shoxobchasida yuk avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Natijada to‘rt kishi jarohatlandi.

Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda
13 avgust 2021, 03:13

Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda

Jizzax viloyatida tuman hokimligining mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Toshkent shahrida yerosti yo‘lagi shiftining bir qismi o‘pirilib tushdi
13 avgust 2021, 01:03

Toshkent shahrida yerosti yo‘lagi shiftining bir qismi o‘pirilib tushdi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida «Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga tutash yerosti o‘tish yo‘lagi shiftining bir qismi qulab tushdi. FVV hodisa sababini ma’lum qildi.

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
12 avgust 2021, 22:51

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkin. U bilan og‘zaki kelishuvga erishildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 avgust 2021, 22:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Italiyada 528 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgani, Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat mahsulotlaridagi kanserogenlar me’yorini o‘zgartirayotgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 avgust 2021, 21:00

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“To‘palang” suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqizilishi, to‘rtta viloyatda bittadan tumanda yangi hokim tayinlanishi, Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi 3,5 mlrd so‘mga sotilishi — “Gazeta.uz"ning 12 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi vaksina oldi
12 avgust 2021, 20:43

O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi vaksina oldi

Mudofaa vazirligining qariyb 95 foiz harbiy xizmatchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida birinchi dozasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani — 91,6 foizi, uchinchisini — 61,1 foizi qabul qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting