Bugun G‘arbiy Qozog‘iston hududidan salqin havo kirib kelishi hisobiga kunduz kungi harorat +32…+34 darajagacha pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Faqat janubning eng chekkasida +36…+38 darajagacha bo‘lgan nisbatan issiq harorat saqlanib turadi.

14 va 15 avgust kunlari respublika hududiga salqin kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat +28…+31 darajagacha, janubda esa +33…+36 darajagacha pasayadi. Kechalari ham salqin bo‘ladi. Kechasi va erta tongda harorat +13…+18 darajagacha pasayadi.

Sovuq front o‘tishi hisobiga ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.

Hududning tekislik qismida hali ham quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat ba’zi joylarda osmonda bulutlar paydo bӯladi.

Ammo tog‘li hududlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi istisnodan holi emas. Buning hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati 13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi borligi haqida ogohlantirgan edi. FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning “1050” qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.