Qanday holatlarda koronavirusga qarshi emlanish tavsiya etilmaydi?
15 avgust 2021, 12:43

Qanday holatlarda koronavirusga qarshi emlanish tavsiya etilmaydi?

Koronavirusga qarshi emlash jarayonida ayrim holatlarda vaksina olish bo‘yicha tibbiy cheklovlar bo‘lishi mumkin. Qaysi holatlarda koronavirusga qarshi vaksina olish tavsiya etilmaydi? Boshqa turdagi vaksina olganlar qancha vaqtdan keyin koronavirusga qarshi emlanishi mumkin? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi
15 avgust 2021, 11:53

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Avvalroq, uning Moskvada davolanayotgani ma’lum qilingan edi.

Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi — TIV
15 avgust 2021, 11:12

Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshaganini ma’lum qildi. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
15 avgust 2021, 10:56

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olinishi, Lionel Messining “PSJ” klubiga o‘tishi, Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylar mukofotlanishi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Andijonga 70 ta avtobus sotib olinadi
15 avgust 2021, 10:27

Andijonga 70 ta avtobus sotib olinadi

Andijon viloyati aholisining jamoat transporti xizmatidan foydalanish qamrovini oshirish maqsadida xususiy kompaniya tomonidan 70 dona Zhongtong avtobus sotib olinadi.

14 avgust kuni O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus aniqlandi
15 avgust 2021, 10:23

14 avgust kuni O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 502 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Gaitidagi zilzilada 300 dan ziyod kishi halok bo‘ldi
15 avgust 2021, 08:38

Gaitidagi zilzilada 300 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi, yuzlab insonlar jarohatlangan va bedarak yo‘qolgan.

O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi, jumladan yaradorlarni qabul qildi — TIV
15 avgust 2021, 08:23

O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi, jumladan yaradorlarni qabul qildi — TIV

O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tgan 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisiga tibbiy yordam va vaqtinchalik boshpana taqdim etdi. TIV afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarish hamda Termiz-Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyatni yumshatish uchun afg‘on tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

«Tolibon» Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahrini egalladi
15 avgust 2021, 00:20

«Tolibon» Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahrini egalladi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Balx viloyatining ma’muriy markazi — Mozori-Sharif shahrini egallaganligini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on hukumati qo‘shinlarining bir qismi O‘zbekiston bilan chegara tomonga qochgan.

Foto: O‘zbekiston HHM va HHK qo‘shinlari aviashousi
14 avgust 2021, 20:34

Foto: O‘zbekiston HHM va HHK qo‘shinlari aviashousi

Havo floti kuni arafasida Toshkent harbiy okrugi «Chirchiq» poligonida harbiy aviatsiya aviashousi bo‘lib o‘tdi. Unda jangovar va harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Toshkentda Euromedlab innovatsion tibbiy laboratoriyasi ochildi
14 avgust 2021, 17:00

Toshkentda Euromedlab innovatsion tibbiy laboratoriyasi ochildi

Euromedlab mustaqil laboratoriyasi barcha turdagi tahlillar uchun tekshiruvlar o‘tkazishga tayyorligini e’lon qiladi.

2021 yilning iyuli dunyoda meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
14 avgust 2021, 14:57

2021 yilning iyuli dunyoda meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

2021 yilning iyuli 142 yillik global meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.

Toshkentda qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
14 avgust 2021, 13:35

Toshkentda qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Poytaxtning Yangihayot tumanida olti kunlik qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi
14 avgust 2021, 13:30

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

«Musobaqalarda tanish-bilishchilikka chek qo‘yish uchun onlayn platforma yaratiladi» — Aziz Abduhakimov
14 avgust 2021, 10:39

«Musobaqalarda tanish-bilishchilikka chek qo‘yish uchun onlayn platforma yaratiladi» — Aziz Abduhakimov

Prezident olimpiadachilar bilan juma kungi uchrashuvda sport musobaqalaridagi tanish-bilishchilik holatlariga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tanish-bilishchilikni yo‘qotish uchun onlayn platforma ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Ertaga kimdir o‘zidan-o‘zi, hech qayerda yutmasdan xalqaro turnirlarda yoki respublika musobaqalarida ishtirok eta olmaydi», — dedi u.

Nima tayyorlaymiz: mazali tort
14 avgust 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: mazali tort

Muzqaymoqli, quymoqli, ananasli Pancho, Napoleon va Medovik — Zira.uz mazali va chiroyli tortlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda avtobuslar uchun alohida harakatlanish bo‘lagi ajratilib, bekatlar yangilanadi
14 avgust 2021, 09:15

Toshkentda avtobuslar uchun alohida harakatlanish bo‘lagi ajratilib, bekatlar yangilanadi

Toshkent hokimi Muqimiy ko‘chasida avtobuslar uchun 3 kilometrlik alohida yo‘l harakatlanish bo‘lagini ajratish ko‘zda tutilgan qarorni imzoladi. Bundan tashqari, avtobus bekatlarini yangilash rejalashtirilmoqda, yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi davom ettiriladi.

Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishini ko‘zdan kechirdi
14 avgust 2021, 02:51

Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev sentyabrda ochilishi rejalashtirilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishini ko‘zda kechirib, «Istiqlol» majmuasi bilan tanishdi.

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi
13 avgust 2021, 21:51

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirladi. Bokschi Bahodir Jalolovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitovga — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Oksana Chusovitinaga esa — «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi.

13 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 avgust 2021, 21:00

13 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning olimpiada ishtirokchilari bilan uchrashuvi, Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlanishi, O‘zbekistonga yuborilayotgan 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasi — “Gazeta.uz"ning 13 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting