12 avgust kuni O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 141 158 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 134 307 (+945) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 964 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 521 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 16 885 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 114 nafarga yetdi.