Aleksey Navalniy vafot etdi
16 fevral 2024, 16:27

Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida
16 fevral 2024, 16:15

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani, vaziyatni o‘zi kuzatib borgani, prokuror jami 200 ming dollar so‘raganini aytdi. Bosh prokurorga esa uni ishdan olish topshirildi. “O‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” — dedi prezident.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-fevral)
16 fevral 2024, 16:13

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-fevral)

Beshta kinopremyera, spektakllar, Yulduz Usmonova konserti, K-Pop Party, xayriya festivali, yugurish musobaqasi, musiqiy kechalar, bolalar shoulari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Qashqadaryoda ko‘prik qulab tushdi
16 fevral 2024, 16:02

Qashqadaryoda ko‘prik qulab tushdi

Muborak tumanida harakatlanish vaqtincha cheklangan ko‘prik og‘ir yuk mashinasi o‘tishi oqibatida qulab tushdi. Hokimlikka ko‘ra, hodisa oqibatida salbiy holat kuzatilmagan va harakat uchun aylanma yo‘l tashkil qilingan. Ko‘prik 2024-yilning 2-choragida qayta foydalanishga topshirilishi reja qilinmoqda.

Andijon mahallalarini 7 ta sohaga chuqur ixtisoslashtirish dasturi amalga oshiriladi
16 fevral 2024, 15:37

Andijon mahallalarini 7 ta sohaga chuqur ixtisoslashtirish dasturi amalga oshiriladi

Prezident Andijondagi mahallalarni meva-sabzavot, chorvachilik, hunarmandchilik, kasanachilik, sanoat, savdo va xizmatga chuqur ixtisoslashtirish bo‘yicha dastur amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun 850 mlrd so‘m kredit resurslari va 50 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi.

Jizzax viloyatida ichimlik suvi, oqova suv va chiqindi xizmati narxlari oshiriladi
16 fevral 2024, 15:24

Jizzax viloyatida ichimlik suvi, oqova suv va chiqindi xizmati narxlari oshiriladi

Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so‘mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so‘mgacha ko‘tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Andijonda ishlab chiqariladigan ilk elektrobuslarga nom qo‘yib berdi
16 fevral 2024, 15:14

Shavkat Mirziyoyev Andijonda ishlab chiqariladigan ilk elektrobuslarga nom qo‘yib berdi

Andijon viloyatida Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile kompaniyasi bilan birgalikda elektrobuslar yig‘ish boshlanadi. Prezidentdan xitoylik hamkorlari elektrobusga nom berishni so‘radi, Mirziyoyev esa uni “Ipak yo‘li” deb nomladi.

Iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmagan — Qonunchilik palatasi
16 fevral 2024, 14:56

Iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmagan — Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi. Avvalroq tarmoqlarda O‘zbekiston Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

AQSh mustaqil Falastin davlatini yaratish rejasini ishlab chiqmoqda — WP
16 fevral 2024, 14:19

AQSh mustaqil Falastin davlatini yaratish rejasini ishlab chiqmoqda — WP

AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Falastin davlatini yaratishning “aniq muddatlarini” o‘z ichiga oluvchi rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post. U Isroil va Falastin o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda suv va yer resurslari sohasida 18,6 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
16 fevral 2024, 12:44

O‘zbekistonda suv va yer resurslari sohasida 18,6 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Global ekologik fond Markaziy Osiyoda suv va quruqlik resurslari sohasidagi loyihalar uchun 26 mln dollar ajratdi. Uning 18,6 mln dollari O‘zbekiston ishtirokida zaif ekotizim yerlarni tiklash, Amudaryo, Zarafshon, Panj, Sirdaryo va Norin daryolaridagi suv resurslarini boshqarish kabilarga yo‘naltiriladi.

Toshkentda yosh qizchaga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi
16 fevral 2024, 12:43

Toshkentda yosh qizchaga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi

Toshkentda 2017-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib qondirgan erkak 16 yilga qamaldi. Sud ishida qatnashgan bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat qilib, kichik yoshdagi bolalarga begonalar bilan to‘qnash kelganda o‘zini qanday tutish va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatishga chaqirdi.

O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
16 fevral 2024, 12:26

O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

O‘zbekistonda ixtirolar, tovar belgilari, reklama, dori vositalari va davlat boji to‘g‘risidagi qonunlarni JST bitimlariga uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.

Toshkentda avtobusda ayolga shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi
16 fevral 2024, 11:42

Toshkentda avtobusda ayolga shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida 69-sonli avtobusda ayolga yaqinlashib, jinsiy a’zosini chiqarib shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Ayol suddan ma’naviy zarar uchun 10 million so‘m undirib berishni so‘radi.

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi
16 fevral 2024, 11:37

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi

MHTI tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar ijarasi 395 dollarni tashkil etmoqda.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi
16 fevral 2024, 11:12

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi
16 fevral 2024, 10:40

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi

ChatGPT chatbotini ishlab chiqqan sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi OpenAI kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotini taqdim etdi. U Sora deb atalib, foydalanuvchilar so‘rovlari asosida davomiyligi 1 daqiqagacha bo‘lgan fotorealistik kliplar yarata oladi.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)
16 fevral 2024, 10:38

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.

Yaponiya iqtisod bo‘yicha dunyodagi uchinchi o‘rnini Germaniyaga boy berdi
16 fevral 2024, 09:50

Yaponiya iqtisod bo‘yicha dunyodagi uchinchi o‘rnini Germaniyaga boy berdi

Yaponiya iqtisodiyoti kutilmaganda inqirozga yuz tutdi. Bu esa Germaniya dunyoning yirik iqtisodiyoti bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib olishiga sabab bo‘ldi. Kunchiqar mamlakatdagi iqtisodiy pasayish oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tufayli ichki iste’molning zaiflashuviga olib keldi.

Asl Belgisi super aksiya natijalarini sarhisob qildi
16 fevral 2024, 09:00

Asl Belgisi super aksiya natijalarini sarhisob qildi

Raqamli markirovka tizimi ofisida Asl Belgisi tomonidan o‘tkazilgan super aksiya natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi
16 fevral 2024, 00:02

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi va 66-o‘ringa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting