Jahon yangiliklari dayjesti
29 noyabr 2021, 22:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Portugaliya va Shotlandiyada COVID-19'ning yangi omikron shtammi bilan zararlanish holatlari aniqlangani, Qirg‘izistonda besh partiya saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgani, Istanbuldagi kuchli bo‘ronlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani, Turkmaniston birinchi xonimining ilk surati tarqalgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 noyabr 2021, 21:30

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratilishi, 4 yil ichida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun sudlanganligi, “Bunyodkor” o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirishi — “Gazeta.uz"ning 29 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida
29 noyabr 2021, 18:21

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov to‘liq emlanganlarda koronavirusning yangi shtammi yengil o‘tishini ma’lum qildi. «Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi», — dedi u. Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Omicron`ning ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelish ehtimoli yo‘q emas, biroq yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko‘rsatadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
29 noyabr 2021, 17:53

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 787,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi
29 noyabr 2021, 17:38

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi

O‘zbekiston Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda mamlakatga qonun ustuvorligi va iqtisodiy rivojlanish loyihalari uchun uch yil davomida 28 million dollar ajratiladi.

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi
29 noyabr 2021, 17:36

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi

Hukumat qarori bilan «Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. Uning qiymati 354,36 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha to‘rt yil avval boshlangan.

Bir yarim yilda davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarlik yuzasidan 45 ta ish qo‘zg‘atildi
29 noyabr 2021, 17:26

Bir yarim yilda davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarlik yuzasidan 45 ta ish qo‘zg‘atildi

So‘nggi bir yarim yil ichida davlat xaridlari sohasida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlarga nisbatan 21 ta jinoiy va 24 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Sohalar kesimida qonunbuzarliklarning eng ko‘pi qurilish va sog‘liqni saqlashga, hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga to‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarma xodimlari yarim kechagacha ushlab o‘tirilganiga izoh berdi
29 noyabr 2021, 15:45

Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarma xodimlari yarim kechagacha ushlab o‘tirilganiga izoh berdi

Toshkent viloyati hokimligining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ish vaqtidan so‘ng ushlab o‘tirilgani, dam olish kuni ham ishga chiqishga majbur qilinayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, 18:00 dan keyin tayinli ish bo‘lmasada, rahbariyat sababsiz xodimlarni ushlab o‘tirgani ma’lum qilingan. Viloyat hokimligi esa ishdan tashqari ishlarga jalb qilish uchun «xodimlarning roziligi» olinganini aytmoqda.

Toshkentning uch tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi
29 noyabr 2021, 15:15

Toshkentning uch tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Olmazor, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen”, “Karbaleks”, “Karbamazepin”, “Tropikamid”, “Selofen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

Axelot Makro uchun omborni avtomatizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirdi
29 noyabr 2021, 15:00

Axelot Makro uchun omborni avtomatizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirdi

Axelot O‘zbekistondagi eng yirik riteylerlardan biri Makroning yangi distribyutorlik markazi uchun omborlarni boshqarish WMS tizimini muvaffaqiyatli joriy etdi.

4 yil ichida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun sudlangan — Oliy sud
29 noyabr 2021, 13:15

4 yil ichida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun sudlangan — Oliy sud

2016 — 2020 yillar hamda 2021 yilning 1-yarmi davomida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirish uchun sudlangan. Ularning aksariyati terroristik tashkilot, ularning vakillari yoki unga aloqador shaxslarga pul mablag‘larini taqdim etish yoki ularning hisob raqamlariga pul ko‘chirish bilan shug‘ullangan.

«Bunyodkor» o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirgan
29 noyabr 2021, 12:31

«Bunyodkor» o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirgan

«Bunyodkor» futbol klubi 393 nafar xodimlarining oktabr oyi uchun 1 mlrd 532 mln so‘mdan ko‘proq oyliklarini to‘lab berishni kechiktirgan. Klub ayni vaqtda homiysi hisoblangan «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligini ma’lum qilgan.

Qishning dastlabki kunlarida iliq havo bo‘lishi kutilmoqda
29 noyabr 2021, 12:08

Qishning dastlabki kunlarida iliq havo bo‘lishi kutilmoqda

1−2 dekabr kunlari mamlakatga iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Juma kuni respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Qirg‘izistonda parlament saylovi: besh partiya saylovni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda
29 noyabr 2021, 11:56

Qirg‘izistonda parlament saylovi: besh partiya saylovni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda

Yakshanba kuni Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. MSK saytidagi texnik nosozlik ko‘pchilikda rasman keltirilgan raqamlarning to‘g‘riligiga shubha uyg‘otdi. Mamlakatning 5 ta partiyasi yetakchilari “parlament saylovlari natijalari soxlashtirilgani” tufayli saylovni qayta o‘tkazish, qolaversa, Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarishni talab qilmoqda.

Abdulaziz Kamilov BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashdi
29 noyabr 2021, 11:36

Abdulaziz Kamilov BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalarini, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.

“Tutqunlik” filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan kinofestivalda bosh sovrin bilan taqdirlandi
29 noyabr 2021, 10:58

“Tutqunlik” filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan kinofestivalda bosh sovrin bilan taqdirlandi

“Tutqunlik” filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida “Gran-pri” bosh sovrini bilan taqdirlandi. Ushbu filmda 2019−2020 yillarda o‘tkazilgan mazkur “Mehr” operatsiyasi jarayonlari aks ettirilgan.

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turganlarning nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi
29 noyabr 2021, 10:54

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turganlarning nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 2022 yil 1 avgustdan boshlab Toshkent shahrida, 2023 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida nogironligi bo‘lganlarni hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi elektron axborot tizimi joriy etiladi. Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslar nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi.

Qashqadaryoda 1,5 mln so‘m pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi
29 noyabr 2021, 10:43

Qashqadaryoda 1,5 mln so‘m pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi

Kitob tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi endilikdagi sobiq direktori boshqa bir fuqarodan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 mln so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sergelidagi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi
29 noyabr 2021, 10:29

Sergelidagi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi

Sergelidagi tegirmon-yorma sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadagi ishchilar yotoqxonasida havo-gaz chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bunga gaz quvurlarining nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa tufayli 18 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Qariyb 100 mln so‘mlik Remdesivir dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
29 noyabr 2021, 10:08

Qariyb 100 mln so‘mlik Remdesivir dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasi va DXX Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 99 mln so‘mlik 99 dona Remdesivir dori vositasining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qoldi. Koronavirusga qarshi ushbu preparatlarning sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting