Portugaliya va Shotlandiyada COVID-19'ning yangi omikron shtammi bilan zararlanish holatlari aniqlandi

Portugaliyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangan 13 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Kommersant’. Ularning barchasi Lissabonning «Belenensesh» futbol klubi futbolchilari va xodimlaridan topilgan.

«Belenensesh» shanba kuni «Benfika»ga qarshi premer-ligadagi o‘yinidan keyin infeksiyalar aniqlangan. «Biz hammamiz izolyatsiya qilinganmiz, shanba kuni o‘ynamagan yoshlar jamoasi bundan mustasno, 44 kishi uyda izolyatsiyaga olingan», — dedi klub vakili.

Shotlandiyada esa bu safar koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanishning oltita yangi holati qayd etilgan. «Shotlandiyada COVID-19'ning omikron shtammi bilan kasallangan oltita holat aniqlandi», — deyiladi hukumat veb-saytida — RIA Novosti.


Turkmaniston birinchi xonimining ilk surati tarqaldi

27 noyabr kuni Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan Turkmanistonga keldi. Tashrifni yoritgan turk nashrlari Erdo‘g‘on va Berdimuhamedovning rafiqalari bilan birgalikdagi fotosuratlarini chop etdi.

Ogulgerek Berdыmuxamedova

Bu Turkmaniston birinchi xonimi Ogulgerek Berdimuhamedovaning birinchi rasmiy surati hisoblanadi.


Qirg‘izistondagi besh partiya saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi

Qirg‘izistondagi beshta siyosiy partiya hukumatdan mamlakat parlamentiga saylov natijalarini bekor qilishni talab qildi, deb yozadi 24.kg.

«Ata Meken» (Vatan), «Islohot», «Sotsial-demokratlar», «Ozodlik» va «Uluttar birimdigi» (Xalq uyg‘unligi) partiyalari vakillari saylovoldi tashviqoti vaqtida qonunbuzarliklar, shuningdek, natijalarni hisoblashda soxtalashtirishlar sodir etilgani haqida xabar bergan.

«Bu saylovlar haqiqiy emas deb topilishi kerak, aks holda xalqaro maydonda o‘zimizni sharmanda qilamiz», — dedi «Uluttar birimdigi» rahbari Melis Mirzakmatov.


Magdalena Andersson ikkinchi bor Shvetsiya bosh vaziri lavozimiga saylandi

Shvetsiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasining yangi rahbari Magdalena Andersson parlamentdagi ko‘p qarshiliklarga duch kelmadi va yana qirollik bosh vaziri etib tasdiqlandi. Bu siyosatchining bir haftadan kamroq vaqt ichida ikkinchi marta saylanishi hisoblanadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Parlament a’zolarining yarmidan kamrog‘i qarshi ovoz bergani uchun Magdalena Andersson bosh vazir etib saylandi», — dedi spiker Andreas Norlen.

Bundan oldin 24 noyabr kuni Andersson bosh vazir lavozimiga saylangan edi. Biroq hukumatnig bo‘linishi tufayli 7 soatda iste’foga chiqqandi.


Hindistonda yuk mashinasi avtohalokatga uchrashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning sharqiy qismidagi G‘arbiy Bengaliyada yengil avtomobil va tosh ortilgan yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda bir kun avval Korrempondent.net xabar berdi.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, avtohalokatga ehtiyotsizlik va hududdagi quyuq tuman sabab bo‘lishi mumkin.

Hindistonda o‘limga olib keladigan baxtsiz hodisalar tez-tez uchraydi va ular odatda transport vositalarining ortiqcha yuklanishi, yomon yo‘l sharoitlari va ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘ladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda har yili 500 mingga yaqin yo‘l-transport hodisalarida 150 mingga yaqin odam halok bo‘ladi.


Istanbuldagi kuchli bo‘ronlar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi bo‘ron qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi, 19 kishi jarohat oldi, deya ma’lum qildi shahar gubernatori ma’muriyati. Avvalroq turk OAVlari tom qulashi oqibatida ikki fuqaro halok bo‘lgani, to‘qqiz kishi jarohatlangani haqida yozgan edi.

Tabiiy ofat tufayli 33 ta uyning tomi vayron bo‘lgan. Shuningdek, 192 ta daraxt va 52 ta svetofor qulab tushgan. Bundan tashqari, bir necha o‘nlab avtomobillar shikastlangan — RIA Novosti.