Toshkentda qurilgan yangi Makro distribyutorlik markazida 4000 dan ortiq turdagi mahsulotlar saqlanadi va uning umumiy maydoni 8500 kvadrat metrni tashkil etadi. Logistikani avtomatlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha shartnoma Rossiyaning Axelot kompaniyasi bilan tuzilgan.

“Pudratchini tanlashda biz kompaniyaning bekami-ko‘st mavqeini, shuningdek, Rossiya va xorijda, jumladan, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ko‘plab loyihalarini hisobga oldik. O‘zbekiston qonunchiligini, biznes yuritish va mahalliy logistikaning o‘ziga xos jihatlarini bilganligimiz sababli biz qisqa vaqt ichida ishni boshlay oldik”, — deya ta’kidladi Aleksandr Borzov, Makro kompaniyasining Supply chain and Warehouse departmenti direktori.

Katta loyihani amalga oshirish jarayoni pandemiya bilan bog‘liq qattiq cheklovlar davriga to‘g‘ri keldi. Chegaralarning yopilishi va reyslarning bekor qilinishi tufayli Axelot xodimlari loyihaning boshlanishida bu yerda bo‘la olishmadi. Shu sababli yuzaga kelgan barcha muammolar masofadan turib hal qilindi. Karantin choralari sal yumshatilganidan so‘ng kompaniya mutaxassislari Toshkentga yetib keldi va yangi logistika markazida zarur ishlarni amalga oshirdi.


“Makro vakillari bilan birgalikda biz ish jadvalini mijoz xodimlarining ish kuni davomidagi yuklamasi hisobga olgan holda belgilashga qaror qildik. Belgilangan vaqt qisqa bo‘lgani tufayli ish kechki va tungi paytda, shuningdek, dam olish va bayram kunlarida ham olib borildi.

Kompaniya pandemiya davrida tarmoq supermarketlarini oziq-ovqat va eng zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash muhimligini anglab yetdi, shu bois biz barcha resurslarni safarbar etdik. Yuqori sifatli dastlabki tayyorgarlik, xodimlarning shijoati va professionalligi bizga logistikani boshqarish tizimini birinchi urinishda ishga tushirishga imkon berdi", — dedi Axelot savdo bo‘limi boshlig‘i Sergey Kondrashev.

Omborlar hisobtizimini ERP bilan integratsiya qilish mijozning resurslarini jalb qilmagan holda amalga oshirildi. Natijada ombor logistikasi bilan bog‘liq barcha axborot oqimlari samarali tashkil etildi. Bu kompaniyaning barcha biznes jarayonlarining ochiqligini va barqarorligini ta’minladi.

“Axelot kompaniyasining WMS dasturini joriy etish va uni ERP bilan integratsiya qilish real vaqt rejimida tarqatish markazining ishini kuzatish va barcha logistika jarayonlarini kuzatish mumkin bo‘lgan yagona axborot makonini yaratish imkonini berdi. Yangi avtomatlashtirish tizimi yordamida biz inson omili tufayli yuzaga keladigan xatolar sonini kamaytirishga, sifatni yaxshilashga va buyurtmani qabul qilish jarayoni vaqtini qisqartirishga erishdik.

Ombor qoldiqlari bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni onlayn tarzda yetkazish samarali rejalashtirish va tezkor tahrirlar kiritish imkonini beradi. Rahbariyat erishilgan afzallik va imkoniyatlarni yuqori baholadi. Kompaniya Axelot bilan yangi, asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va liniya xodimlarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda", — dedi Aleksandr Borzov loyiha va Axelot bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida fikr bildirib.

Axelot kompaniyasining ERP bilan integratsiyalashgan WMS tizimidan foydalanish orqali Makro O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan ombor logistikasi mavjud bo‘lgan riteylerga aylandi.

Yangi texnologiyalardan foydalanish va yangi distribyutorlik markazining qurilishi kompaniyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga va bozordagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.

Reklama huquqlari asosida.