Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 30 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 9,99 so‘mga ko‘tarildi va 10 787,03 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 33,90 so‘mga ko‘tarildi va 12 174,24 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,56 so‘mga ko‘tarildi va 143,77 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 777,04 so‘mni tashkil etgandi.