Prezident viloyat hokimlarining uy-joy qurishda 2−3 ta pudratchi tashkilot bilan cheklanib qolayotganini tanqid qildi
3 dekabr 2021, 21:06

Prezident viloyat hokimlarining uy-joy qurishda 2−3 ta pudratchi tashkilot bilan cheklanib qolayotganini tanqid qildi

Endilikda davlat hisobidan bajariladigan qurilishlarda bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika hamda viloyat shtablari tuziladi. Bu orqali qurilish narxlarini asossiz oshirish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish nazoratga olinadi.

Soliqchining o‘limida sobiq YPX xodimlari aybdor deb topildi
3 dekabr 2021, 20:17

Soliqchining o‘limida sobiq YPX xodimlari aybdor deb topildi

Sud Kattaqo‘rg‘on viloyati soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining o‘limida yo‘l-patrul xizmatining ikki sobiq xodimini aybdor deb topdi. Har biriga 2 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarildi
3 dekabr 2021, 20:04

Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarildi

AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.

Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda
3 dekabr 2021, 19:30

Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

O‘zbekiston XTTB va XMKning ustav kapitalidagi jami 104,7 mln dollarlik qo‘shimcha aksiyalariga obuna bo‘lmoqda
3 dekabr 2021, 18:26

O‘zbekiston XTTB va XMKning ustav kapitalidagi jami 104,7 mln dollarlik qo‘shimcha aksiyalariga obuna bo‘lmoqda

Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot vazirligi (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksilariga obuna bo‘ladi. Uchta vazirlikning XTTB va XMKning ustav kapitalidagi mos ravishda 91,92 mln dollarlik 762 dona va 12,78 mln dollarlik 12 781 dona aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.

Andijonda fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi
3 dekabr 2021, 18:10

Andijonda fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi

Andijon tumanida yashovchi fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan ish ochildi. IIB profilaktika inspektori va mahalla raisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusning «Omisron» shtammini yuqtirib oldi
3 dekabr 2021, 17:52

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusning «Omisron» shtammini yuqtirib oldi

Janubiy Koreyaga Nigeriyadan tashrif buyurgan er-xotin va ularni kutib olgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning «Omisron» shtammi aniqlandi. Koreyaliklar 270 ga yaqin kishi bilan muloqotda bo‘lgani, O‘zbekistonlik fuqaro esa tashxis qo‘yilishidan bir kun avval 400 kishi yig‘ilgan diniy muassasaga borgani aytilmoqda.

Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi
3 dekabr 2021, 16:55

Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo video ortidan Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi uning hamkasblari tashabbusi bilan chaqirilgan hamda tegishli qarorni 24 nafar deputatdan 23 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
3 dekabr 2021, 16:43

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Kavkaz hududlaridan O‘zbekistonga kirib keladigan antitsiklon dam olish kunlari havo haroratini tushiradi. Kunduz kuni havo +10 darajagacha pasayadi. Biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Shavkat Mirziyoyevning saylovdan keyingi birinchi davlat tashrifi Qozog‘istonga bo‘ladi
3 dekabr 2021, 16:33

Shavkat Mirziyoyevning saylovdan keyingi birinchi davlat tashrifi Qozog‘istonga bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5−6 dekabr kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu oktabrdagi saylovdan keyin birinchi davlat tashrifi hisoblanadi.

2022 yilda O‘zbekistonning vodorod ishlab chiqarish salohiyati baholanadi
3 dekabr 2021, 15:43

2022 yilda O‘zbekistonning vodorod ishlab chiqarish salohiyati baholanadi

Energetika vazirligi va Jahon banki 2022 yilda O‘zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning texnik salohiyatini baholaydi. O‘rganishlar yakunida «ko‘k» va «yashil» vodorodni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Markaziy bank ikki korxonaga to‘lov xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya taqdim etdi
3 dekabr 2021, 15:35

Markaziy bank ikki korxonaga to‘lov xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya taqdim etdi

Markaziy bank tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ va «VENKON GROUP» MCHJlariga to‘lov faoliyatini olib borish uchun litsenziya berildi.

Farg‘ona va Surxondaryoda noqonuniy ravishda yer sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
3 dekabr 2021, 14:43

Farg‘ona va Surxondaryoda noqonuniy ravishda yer sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

O‘zbekiston tumanida issiqxona faoliyatini tashkil etish, Sherobod tumanida esa uy-joy qurish uchun yer sotishga uringan shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Jahon banki Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan $280 mln ajratadi
3 dekabr 2021, 13:53

Jahon banki Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan $280 mln ajratadi

Jahon banki boshqaruvi Afg‘oniston rekonstruksiya trast jamg‘armasi donorlari mablag‘ o‘tkazishni tasdiqlaganidan so‘ng Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan 280 mln dollar ajratadi. Donorlar uchrashuvi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
3 dekabr 2021, 12:41

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Prezident Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari esa 1 yanvarda faoliyatini boshlaydi. Har bir tuman va shaharga vazirlik va banklardan xodimlar biriktiriladi. Ular bir yilga xizmat safariga yuboriladi va maoshi saqlab qolinadi. Ularning eng yaxshilari esa «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi.

Elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘ldi
3 dekabr 2021, 12:06

Elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘ldi

Poytaxtni suv bilan ta’minlovchi «Qodiriya» suv inshootining yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik yuzaga kelib, nasos agregatlari o‘chib qolgan. Buning oqibatida shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

«Tolibon» O‘zbekistonni afg‘on samolyot va vertolyotlarini qaytarishga chaqirdi
3 dekabr 2021, 11:25

«Tolibon» O‘zbekistonni afg‘on samolyot va vertolyotlarini qaytarishga chaqirdi

Toliblar O‘zbekistonni Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Avgust o‘rtalarida Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyoti Termiz xalqaro aeroportiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan edi.

Alisher Usmonov «VKontakte»dagi ulushini sotdi. Ijtimoiy tarmoq «Gazprom» qo‘liga o‘tdi
3 dekabr 2021, 10:57

Alisher Usmonov «VKontakte»dagi ulushini sotdi. Ijtimoiy tarmoq «Gazprom» qo‘liga o‘tdi

Alisher Usmonov xoldingi «MF Texnologii» (VK, sobiq Mail.ru Group) kompaniyasidagi 57 foizlik ulushini «Gazprom» bilan bog‘liq SOGAZ kompaniyalar guruhiga sotdi.

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi
3 dekabr 2021, 10:54

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 1 martgacha O‘zbekistonning barcha tumanlarida blokpostlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV ushbu xabarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida hududlarda kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

«O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari O‘zbekistonda dekarbonizatsiyaga yordam beradi — Fitch Rating
3 dekabr 2021, 10:29

«O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari O‘zbekistonda dekarbonizatsiyaga yordam beradi — Fitch Rating

Fitch Rating agentligi prognozlariga ko‘ra, «O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalari ulushini 75 foizdan kamroq darajagacha qisqartirish imkonini beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting