Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani, «O‘rikzor» MFYda yashovchi Q.M yashash xonadonida arqon bilan o‘zini-o‘zi osgan holda joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u voqea joyida vafot etgan. Andijon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Tergov harakatlari davomida IIB profilaktika inspektori, mahalla raisi hamda boshqalarning harakatlariga baho berish maqsadida vakolatli organlarga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi», — deyiladi bayonotda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qarzga olingan 57 mln so‘mni «1xbet»da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osib qo‘ygan edi.

Shuningdek. 23 yanvar kuni, Yangi-Angren IESda sexning 40 yoshli rahbari ham uyida o‘zini osib, vafot etgandi.