3 dekabr kuni soat tonggi 8:30 da poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida nasos agregatlarida o‘chish holati kuzatilgan, deb xabar bermoqda «Toshkent shahar suv ta’minoti».

Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.

«Toshkent shahrida tez fursatlarda suv ta’minoti o‘z maromiga qaytadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida ham «Qodiriya» bosh suv inshootidagi nosozlik tufayli poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilgandi.