SOGAZ kompaniyalar guruhi VK`ning (VK, sobiq Mail.ru Group) 57,3 foizlik aksiyalariga egalik qilayotgan «MF Texnologii» AJ kapitalidagi 45 foizlik ishtirokini tasdiqladi. Gap Alisher Usmonovning USM xoldingi «MegaFon» orqali egalik qilayotgan ulush haqida ketmoqda, deya xabar qildi «Kommersant’».

USM kelishuv amalga oshganini tasdiqlagan, biroq hujjatlar qiymati oshkor qilinmagan. Ammo «Kommersant’» шартнома taxminan 16 mlrd rublga (taxminan 216 mln dollar) baholanganini ma’lum qildi.

Alisher Usmonov VK`dagi aksioner sifatidagi ishtiroki «rivojlanishni ko‘p jihatdan belgilab bergani va xolding tarixida muhim qismga aylangani»ni ma’lum qildi.

«Bizning yondashuvimiz — yosh va g‘ayratli boshqaruv uchun maksimal erkin harakatlar, shuning uchun uch yil avvaldanoq men va sheriklarim bizning VK`dagi ovoz berish huquqimizni uning rahbariyatiga topshirgan edik. Bugun biz kompaniyani ham auditoriyalar soni, ham moliyaviy metrikalar bo‘yicha kelajagiga ishonch uyg‘otadigan ko‘rsatkichlar cho‘qqisida qoldirgan holda uning kapitalidan chiqmoqdamiz», — dedi Alisher Usmonov.

Ma’lumot uchun, «MF Texnologii» investitsiya kompaniyasi VK`ning 57,3 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Qolgan 12,3 foiz aksiyani Gollandiyaning Prosus konglomerati, 4,5 foizini — Alibaba Group va 3,3 foizini — Tencent nazorat qiladi.