Toshkentdagi «Aviasozlar» saroyini rekonstruksiya qilish boshlandi
13 fevral 2022, 21:53

Toshkentdagi «Aviasozlar» saroyini rekonstruksiya qilish boshlandi

Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov «Aviasozlar» saroyini to‘liq rekonstruksiya qilish boshlanganini ma’lum qildi. Saroy atrofida madaniy-istirohat bog‘i barpo etiladi. Prezident ikki yil avval saroyni rekonstruksiya qilishni buyurgan edi.

Olmaotada yana miting o‘tkazildi
13 fevral 2022, 16:15

Olmaotada yana miting o‘tkazildi

13 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Mustaqillik monumenti oldida 700 ga yaqin odam xotira mitingiga to‘plandi. Ular qo‘llarida «Begunohlarga ozodlik», «Xalq terrorchi emas», «Qonli yanvarni unutmaymiz va kechirmaymiz», «Ogohlantirmasdan o‘t ochish — bu xalqqa qarshi jinoyatdir» kabi bannerlar va plakatlar bilan noroziliklarini bildirmoqda. Prezident xalqqa yana murojaat yo‘lladi.

Hafta boshida respublikaning ayrim joylarida qor yog‘adi
13 fevral 2022, 15:10

Hafta boshida respublikaning ayrim joylarida qor yog‘adi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 13−14 fevral kunlari respublikada ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi, 15−17 fevralda kechasi havo harorati -4− -7 darajagacha sovuqqa tushishi kutilmoqda. 14 fevral kuni respublika bo‘ylab joylarda shamol 17−22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» bozorida yong‘in yuz berdi
13 fevral 2022, 12:42

Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» bozorida yong‘in yuz berdi

FVV xabariga ko‘ra, 13 fevral kuni poytaxtning Yashnobod tumani Yangiobod ko‘chasida joylashgan «Yangiobod» bozor hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida bozor hududidagi rastalarning 120 kvadrat metriga zarar yetgan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanayotgani aytildi.

IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi
13 fevral 2022, 12:24

IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «Ichki ishlar vazirligi xodimlariga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi barcha muammolarning sabablarini tushuntirib bergani va ularning oldini olish choralarini o‘zi belgilab bergani» uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev odamlar pul to‘lab qo‘yib, mashinasini ololmayotganini tanqid qildi
12 fevral 2022, 23:21

Shavkat Mirziyoyev odamlar pul to‘lab qo‘yib, mashinasini ololmayotganini tanqid qildi

«Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Shavkat Mirziyoyev odamlar pul to‘lab qo‘yib, mashinalarni ololmayotganini gapirgan lavhalar efirga uzatildi. «Odamlar norozi, biz to‘lab qo‘yganmiz, mashinani ber ey davlat rahbarlari, deyapti», — dedi prezident.

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi
12 fevral 2022, 20:16

Xalq ta’limi vaziri Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi. U mazkur holatni «ustoz sha’nini yerga urish» deb baholab, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Avvalroq, XTV uzr so‘rash tadbiri tuman hokimligi tashabbusi ekanligini tasdiqlagandi.

Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i hibsga olindi
12 fevral 2022, 19:44

Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i hibsga olindi

Juma kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIB boshlig‘i protsessual tartibda hibsga olindi. U 50 ming dollar pora bilan ushlangani aytilgan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosariga sheriklikda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, Muborak tuman IIB xodimlari 3ta o‘g‘rilik, 3ta bezorilik, bittadan talonchilik va firibgarlik jinoyatini yashirgani hamda OAVda yolg‘on axborot tarqatgani aniqlandi.

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi
12 fevral 2022, 16:19

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi

Juma kuni O‘zbekistonda 504 kishi topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 121 taga kam. COVID-19 asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi. Qolaversa, shu kuni 89 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
12 fevral 2022, 16:16

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

2020 yildan beri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mehnat faoliyati davomida Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari IIB tizimida turli lavozimlarda, shuningdek ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarning jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestri tuziladi
12 fevral 2022, 15:39

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarning jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestri tuziladi

Prezident qarori bilan jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestri shakllantiriladi. Xorijga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, allomalar va mutafakkirlarning ijodiga mansub qadimiy yozma manbalar O‘zbekistonga olib kelinadi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardagi qo‘lyozmalar xarid qilinib, davlat tasarrufiga o‘tkaziladi. Qolaversa, qadimiy qo‘lyozmalar tarjima qilinib, xalqchil tilda nashr etiladi.

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi
12 fevral 2022, 14:50

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Xalq Maslahati yig‘ilishida nutq so‘zlab, davlat boshqaruvi yosh rahbarlarga berilishi kerakligini ta’kidladi. Uning o‘zi esa Xalq Maslahati raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi.

Toshkentdagi mehribonlik uyida bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
12 fevral 2022, 13:38

Toshkentdagi mehribonlik uyida bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Poytaxtdagi 21-sonli mehribonlik uyida bolaga jismoniy tazyiq o‘tkazganlikda gumon qilingan tarbiyachi o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shatildi. Jabrlanuvchining o‘ng qo‘l tirsagi, chap yelkasi va o‘ng oyog‘ining son qismida ko‘kargan yaralar aniqlandi. Mehribonlik uyi shifokori unga ko‘rsatgan yordamini bemorlar jurnaliga kiritmagani ham ma’lum bo‘ldi. Yunusobod tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi
12 fevral 2022, 12:48

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov shanba kuni soat 7:00 da tuman hokimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlarini yig‘ilishga chaqirgani aks etgan xat tarqaldi. Mehnat vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev soat 7:10 da hokimlikka borib, majlis o‘tkazilayotganini aniqladi. «Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketgan», — deyiladi xabarda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berilmoqda
12 fevral 2022, 11:54

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berilmoqda

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tajriba-sinov tariqasida keytring usulida maktablarning boshlang‘ich (1−4) sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berilmoqda. 2022 yil uchun mahalliy budjetdan 200 mlrd so‘m ajratilgan. O‘quvchilar 470−500 kkaloriyaga ega ovqat, tabiiy sok va mevalar bilan ta’minlanadi.

Nima tayyorlaymiz: bayramona pechenyelar
12 fevral 2022, 11:12

Nima tayyorlaymiz: bayramona pechenyelar

“Bashorat qiluvchi” pechenyelar, “yurakchali odamchalar”, qaynatilgan kremli, yurakchasimon va “qoplon” pechenyelar — Zira.uz bayram arafasida shirin sovg‘alar to‘plamini taqdim etadi.

11 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 fevral 2022, 22:00

11 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolar bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishini aytgan Shavkat Mirziyoyev, maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 km/soatdan oshmasligi, Andijondagi tibbiyot markazidagi portlash tafsilotlari, Demokratiya indeksi reytingida 150-o‘rinni egallagan O‘zbekiston, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga zo‘ravonlik qilgan hodim, yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
11 fevral 2022, 20:33

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning ko‘rsatkichlari muvozanatli bo‘lishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin, hafta boshida sovuq havo kirib keladi
11 fevral 2022, 18:47

Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin, hafta boshida sovuq havo kirib keladi

Dam olish kunlari havo sovib, O‘zbekiston bo‘ylab qor va yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Yangi hafta boshida esa mamlakat hududiga janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, kechalari havo harorati -7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatiladi
11 fevral 2022, 17:43

Yo‘l belgilarini ishlab chiqarishda «O‘zavtoyo‘lbelgi»ning monopoliyasi tugatiladi

Prezident transport serqatnov bo‘lgan 2000 dan ortiq chorraha va 9500 ta piyoda o‘tish joylari svetofor yoki boshqa vositalar bilan jihozlanmaganini tanqid qildi. Yo‘l belgilari bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun «O‘zavtoyo‘lbelgi» monopoliyasi tugatiladi. Svetofor, yoritgichlar o‘rnatish, yo‘l belgilari hamda chiziqlarini chizish, piyoda o‘tish joylarini belgilashga mas’ul korxonalar hokimliklardan YXHXlarga o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting