11 fevral, juma kuni O‘zbekistonda 504 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanishlar umumiy soni 233 ming nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV.

Bir kun oldin (payshanba kuni) 625 kishining test tahlili musbat natijani ko‘rsatgandi.

Eng ko‘p holat Toshkent shahrida — 229 ta, Toshkent viloyati — 88 ta, Samarqand — 34 ta, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda — 21 tadan qayd etilgan. Qolgan hududlarda 19 tadan (Xorazm) 6 tagacha (Sirdaryo) virus yuqish holati kuzatilgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 216153 (+856) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 1599 nafarni tashkil qildi.

Qolaversa, kecha 89 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 103 ta edi.

Ma’lumot o‘rnida, So‘nggi marta 700 tadan kam holat 11 yanvar kuni qayd etilgandi — o‘shanda 604 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgandi, qolavesa, 4 kishi vafot etgandi.