“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda bayramona pechenyelar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

“Bashorat qiluvchi” pechenyelar


Ushbu sehrli pechenyelarni tayyorlaganingizda, ichiga bashorat qiluvchi qog‘oz o‘rniga har xil maqtovlar yoki sevgi izhorini yozishingiz mumkin. Bunday pechenyelar bilan yoqtirgan insoningizni hayratda qoldirishingiz aniq.

“Yurakcha” pechenelari


Bu pechenyelarni erta tongda sevgan insoningiz uchun qahva yoki choy bilan berishingiz mumkin. Agar sevgan insoningiz bayram haqida unutib qo‘ygan bo‘lsa, ushbu yurakcha shaklidagi pechenyelar unga yaxshigina ishora bo‘la oladi.

Yurakchasimon pecheynelar


Yurakchasimon shakllardagi mazali va og‘izda erib ketuvchi pechenyelardan tayyorlab ko‘ring, sizga albatta yoqadi. Tayyorlash jarayonida bizni tavsiyalarimizga amalga qiling: Chiroyli qutichalarga qog‘oz sochiqdan to‘shab, ichiga yurakchasimon pechenelardan soling va sevimli insonlaringizni ular bilan siylang.

Qaynatilgan kremli pechenyelar


Vanil ta’mli qaynatma krem bilan boyitilgan yurakchasimon pechenyelarning batafsil tayyorlanish retseptini taqdim etamiz. Ularni chiroyli qutichalarga solib, sovg‘a sifatida yaqin insonlaringizga taqdim etishingiz ham mumkin.

“Qoplon” pechenyesi


Ushbu retsept bo‘yicha siz mazali, uvalanib ketuvchi va eng muhimi noodatiy pechenyelarga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, “yurak” shaklidagi bunday pechenye sizning yaqinlaringizga yoqimli sovg‘a bo‘la oladi.

“Yurakchali odamchalar” pechenyesi


Pechenyelar juda oddiy va mazali bo‘lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklida kesish uchun mo‘ljallangan qolipchalar kerak bo‘ladi. Bunday pechenyelarni paketchalarga solib, yaqin insonlaringizga sovg‘a tariqasida berishingiz mumkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15