Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
15 fevral 2022, 17:22

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,86 so‘mga pasayib, 10 837,16 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.

Toshkent davlat texnika universitetida erkak o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi
15 fevral 2022, 17:04

Toshkent davlat texnika universitetida erkak o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi

Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmaganligi sababli o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi. Hodisa joyiga yetib borgan Olmazor IIB FMB boshlig‘i muzokara o‘tkazib, 40 yoshdan oshgan fuqaroni pastga tushirishga erishdi. Oliy ta’lim vazirligi ishchiga qurilish tashkiloti maoshini to‘lab berganini qo‘shimcha qildi (yangilandi).

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi
15 fevral 2022, 16:21

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi

2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.

Ukrainada 16-fevral Birlik kuni deb e’lon qilindi
15 fevral 2022, 16:18

Ukrainada 16-fevral Birlik kuni deb e’lon qilindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xalqiga murojaati chog‘ida 16-fevralni “Birlik kuni” deb e’lon qildi. Shu kuni butun mamlakat bo‘ylab Ukraina bayrog‘i ko‘tariladi, 10:00 da davlat madhiyasi ijro etiladi. Aholi xavfsizlik holati haqida maxsus onlayn-platforma orqali xabardor etib boriladi.

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
15 fevral 2022, 15:19

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga olib kelish uchun 2 ta maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 18 va 25 fevral kunlari Voljskiy shahridan yo‘lga chiqadi.

Navoiy ko‘chasini ham shossega aylantirishga qaror qilindi
15 fevral 2022, 14:52

Navoiy ko‘chasini ham shossega aylantirishga qaror qilindi

Ahmad Donish va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini tezyurar shosselarga aylantirgan Toshkent hokimligi yana bir markaziy ko‘cha — Alisher Navoiy ko‘chasiga ham qo‘l uzatdi. Ishlar yana ogohlantirishsiz boshlab yuborildi. Reja prezidentning shahar birinchi navbatda piyodalar uchun qulay bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotiga zid kelmoqda. «Gazeta.uz» nashrining davlat rahbariga murojaati.

O‘zbekistonga qariyb 230 kg geroin olib kirilishining oldi olindi
15 fevral 2022, 14:37

O‘zbekistonga qariyb 230 kg geroin olib kirilishining oldi olindi

Bojxona xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi «Oybek» postida to‘xtatilgan yuk mashinasida 229,7 kg «geroin» giyohvandlik vositasi aniqlandi. Ushbu narkotik vositalarning Yevropa «qora bozorlari»dagi narxi hozirda o‘rtacha 12−14 mln dollarni tashkil etadi.

Toshkentdagi «Anhor-Lokomotiv» bog‘i 376,5 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi
15 fevral 2022, 13:42

Toshkentdagi «Anhor-Lokomotiv» bog‘i 376,5 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

Poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan «Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar va dam olish bog‘i ochiq auksionda sotuvga qo‘yildi. 8,35 gektar maydonga ega bog‘ning boshlang‘ich narxi 376,4 mlrd so‘mga baholangan.

Farg‘onada tadbirkorga avtomobil yo‘nalishini biriktirib bermoqchi bo‘lgan bosh inspektor ushlandi
15 fevral 2022, 13:27

Farg‘onada tadbirkorga avtomobil yo‘nalishini biriktirib bermoqchi bo‘lgan bosh inspektor ushlandi

Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi xodimi tadbirkorga Farg‘ona shahridagi 30-avtomobil yo‘nalishini 1 500 dollar evaziga 3 yilga biriktirib berishni va’da qilgan. Shundan 1 000 dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi
15 fevral 2022, 13:05

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi

Hukumat yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘ycha reglamentni tasdiqladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.

Qashqadaryoda 7 tup qayrag‘ochni kesgan shaxslar 2,7 mln so‘m jarimaga tortildi
15 fevral 2022, 12:30

Qashqadaryoda 7 tup qayrag‘ochni kesgan shaxslar 2,7 mln so‘m jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 23-sonli maktab hududida noqonuniy ravishda 7 tup qayrag‘och daraxti kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlar 2,7 mln so‘m jarimaga tortildi, qolaversa, 592 ming so‘mlik zarar ham qo‘llanildi.

Samarqand viloyati prokurori o‘zgardi
15 fevral 2022, 12:22

Samarqand viloyati prokurori o‘zgardi

2020 yil oktabridan Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlandi.

Toshkentda pnevmatik miltiq bilan mushuk va itlarni ovlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
15 fevral 2022, 12:08

Toshkentda pnevmatik miltiq bilan mushuk va itlarni ovlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkentning Mirobod tumanida pnevmatik miltiq yordamida mushuk va itlarni ovlab kelgan erkakka MJTKning hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va qurollardan noqonuniy foydalanish moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.

Yunusobodda daraxtlar tagi betonlab ketilgan holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi
15 fevral 2022, 11:28

Yunusobodda daraxtlar tagi betonlab ketilgan holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi

3 fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashlagandi. Yunusobod tuman prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumonlanuvchilar maksimum 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi
15 fevral 2022, 11:22

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi

Farg‘ona vodiysida metan zapravkalar 15 fevral soat 13:00 dan 16 fevral 06:00 ga qadar o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi bundan maqsad sovuq ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega korxonalarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash ekanligini ta’kidlagan.

Prezident elektromobillar tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi
15 fevral 2022, 11:12

Prezident elektromobillar tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi

Uch oy ichida O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Prezident elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularga texnik talab va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

14-fevralda koronavirus aniqlanganlar soni 300 nafardan sal oshdi
15 fevral 2022, 10:49

14-fevralda koronavirus aniqlanganlar soni 300 nafardan sal oshdi

Dushanba kuni O‘zbekistonda 302 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etgan (oldingi kun 322 ta holat). 57 kishi pnevmoniyaga chalingan (61 kishi). Yana 3 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun trast jamg‘arma tashkil etiladi
15 fevral 2022, 10:25

Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun trast jamg‘arma tashkil etiladi

Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun BMTning ko‘ptomonlama trast jamg‘armasi tashkil etiladi. Adliya vazirligi mablag‘lar O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanishini ma’lum qildi. Shuningdek, Fransiyadan yana 10 mln dollar qaytarildi, qolaversa, 131 mln dollarlik aktivlar O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor.

Uzbekistan Airways uzoq masofaga mo‘ljallangan ilk A321LR havo kemasiga ega bo‘ldi
15 fevral 2022, 10:22

Uzbekistan Airways uzoq masofaga mo‘ljallangan ilk A321LR havo kemasiga ega bo‘ldi

Uzbekistan Airways kompaniyasi uzoq masofaga uchuvchi Airbus A321neo (LR) havo kemasini qabul qilib oldi. 188 yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyot LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan. Yil oxirigacha yana to‘rtta samolyot yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston terma jamoasining birinchi murabbiyi vafot etdi
15 fevral 2022, 10:04

O‘zbekiston terma jamoasining birinchi murabbiyi vafot etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi murabbiyi Rustam Akramov 73 yoshida vafot etdi. U 1992−1994-yillardagi faoliyati davomida jamoa bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994-yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Keyingi ikki yilda esa Hindiston terma jamoasini boshqargan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting