14-fevral kuni O‘zbekistonda 302 ta koronavirus holati aniqlandi (oldingi kun — 322). 57 kishi pnevmoniyaga chalindi (61), deya xabar bermoqda SSV. Kasallikning kamayish ko‘rsatkichi ketma-ket 6-kun davom etmoqda.

Pandemiya boshlangandan beri uni yuqtirganlar soni 234 mingdan oshdi.

Foto: SSV

Kasallik eng ko‘p Toshkent shahrida aniqlangan — 152 nafar (oldingi kun — 122). Toshkent viloyatida esa 54 kishi virus yuqtirib olgan (56). Qolgan hududlarda esa kasallik ancha kamaygan.

Shuningdek, kun davomida 3 kishi koronavirus tufayli vafot etgan. Kasallikning umumiy qurbonlari soni 1607 nafarga yetdi.