Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri
24 fevral 2022, 11:32 13

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi. «Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi u. Qolaversa, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi
24 fevral 2022, 11:31

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Ukrainadagi vaziyat.

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi
24 fevral 2022, 11:04

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi

Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiya janubidagi 12 ta aeroport faoliyati 2 martga qadar to‘xtatildi. RF Ukraina bilan chegara hududlarining havo kengliklari fuqaro aviatsiyasi uchun yopilganini e’lon qildi.

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi
24 fevral 2022, 10:42

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 140 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani qayd etdi. Shuningdek, kun davomida 24 kishida pnevmoniya aniqlandi.

NATO Ukrainadagi vaziyat jiddiylashuvi fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirmoqda
24 fevral 2022, 10:33

NATO Ukrainadagi vaziyat jiddiylashuvi fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirmoqda

NATOga a’zo davlatlar vakillar payshanba kuni ertalab Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli shoshilinch yig‘ilish chaqirish qarorini qabul qildi. Sal avval NATO rahbari Yens Stoltenberg RFning Ukrainadagi harakatlarini qoralashi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi
24 fevral 2022, 10:21

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi

24 fevralga o‘tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so‘ragan va tinchlik o‘rnatishga chaqirgan.

Namangan — Krasnodar reysi Rostov viloyati osmoni yopilgani uchun majburan ortga qaytmoqda
24 fevral 2022, 10:06

Namangan — Krasnodar reysi Rostov viloyati osmoni yopilgani uchun majburan ortga qaytmoqda

Uzbekistan Airways 24 fevral kuni Namangan — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Rossiyaning Rostov viloyati havo maydoni yo‘lovchi samolyotlari uchun yopilgani sababli ortga majburiy qaytayotganini ma’lum qildi.

Samarqandda avtoshohbekatni zo‘ravonlik bilan egallashda gumonlanayotgan bir guruh sportchilar qo‘lga olindi
24 fevral 2022, 09:55

Samarqandda avtoshohbekatni zo‘ravonlik bilan egallashda gumonlanayotgan bir guruh sportchilar qo‘lga olindi

Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taksi haydovchilaridan «o‘lpon» undirib kelganlikda gumonlanayotgan yana bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Ular sportchilar ekanligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yakkasaroyda ishchilariga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergan tadbirkor 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi
24 fevral 2022, 09:52

Yakkasaroyda ishchilariga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergan tadbirkor 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida GTA Showroom kompaniyasi rahbari korxona binosida ishchi va mijozlarga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergani uchun 21,6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov sudya MJTKning 201-moddasini noto‘g‘ri qo‘llaganini, namoz o‘qish «diniy marosim emas, balki e’tiqodning o‘zagi, erkinligi kafolatlangan huquq» ekanini ta’kidladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi
24 fevral 2022, 09:17

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi, biroq Ukrainaning Kiyev, Xarkov va boshqa shaharlarida ham portlashlar boshlandi. Bu Rossiya tomoni Ukrainaga bostirib kirishni boshlaganiga ishora qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanishidan oldin rossiyaliklarga murojaat qilib, yana bir marotaba tinchlikka chorladi.

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?
24 fevral 2022, 07:37

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obyektlar ish vaqtiga nisbatan cheklovlar hamda umumiy ovqatlanish joylari va jamoat transporti harakatlanuvchi tarkibi umumiy sig‘imidagi o‘rinlarni 50 foizgacha qisqartirish talabi bekor qilindi. Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur cheklovlarning bekor qilinishini “odatiy hayot tarziga qaytishning dastlabki qadamlaridan biri” deb atadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 fevral 2022, 22:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada sodir bo‘lgan oxirgi yangiliklar, Putin va Erdog‘an Ukraina sharqidagi mojaroni muhokama qilgani, Shimoliy Koreya AQShni Yaponiyani Rossiyaga qarshi kampaniyaga jalb qilishda ayblayotgani, 24 fevral kuni Bryusselda Ukraina bo‘yicha Yevropa Ittifoqining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 fevral 2022, 22:40

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonga 3 kunga ketgan prezident, 1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinishi, Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga borib ishlagani uchun shifokorlar maoshiga to‘lanadigan 100% ustama, O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratgan OTB, Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan MO va YeI maxsus vakillari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 23 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Koronavirusga qarshi buster doza olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi
23 fevral 2022, 21:14

Koronavirusga qarshi buster doza olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi

Maxsus komissiya ish beruvchilar koronavirusga qarshi vaksina va buster doza olgan ishchilari qamrovini kamida 90 foizga yetkazishi kerakligini belgiladi. Vaksina va buster doza olmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
23 fevral 2022, 20:52

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi

Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonliklarning sanksiya ostidagi Rossiya banklariga pul o‘tkazmalari muzlatilishi mumkin
23 fevral 2022, 19:46

O‘zbekistonliklarning sanksiya ostidagi Rossiya banklariga pul o‘tkazmalari muzlatilishi mumkin

Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.

Ikki o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kiritilmadi
23 fevral 2022, 17:35

Ikki o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kiritilmadi

Madina aeroportida Umra ziyoratiga kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga kiritilmadi. Ularning 2019 yilda Qirg‘iziston qalbaki pasporti bilan Umra safariga borib kelgani aniqlangan. Hozirda fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda
23 fevral 2022, 17:33

Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda

DXX Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 6,4 kg giyohvandlik vositalari, shuningdek, 2160 flakonda «Tropikamid» dorisi aylanmasini to‘xtatib qoldi. Surxondaryodagi holatda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy» moddasini chegarani noqonuniy kesib, olib o‘tganida ushlangani aytilmoqda. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev
23 fevral 2022, 17:24

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston muammosiga, xususan, mamlakatning muvaqqat hukumatini tan olish bo‘yicha umumiy yondashuv bo‘lishiga kelishib oldi, dedi Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev. Ammo hozircha bu borada hech qanday qaror yo‘q.

MO va YeI maxsus vakillari Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar
23 fevral 2022, 17:02

MO va YeI maxsus vakillari Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar

Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari konferensiyasi yakuniy bayonotida aytiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting