Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi
14 aprel 2022, 16:20

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti telefon orqali muloqotda Vengriya hukumati rahbarini «FIDES» — Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Heritage Foundation`ning ayrim indekslarida O‘zbekiston KPI`ga erisha olmadi — Tanzila Narbayeva
14 aprel 2022, 15:09

Heritage Foundation`ning ayrim indekslarida O‘zbekiston KPI`ga erisha olmadi — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva Heritage Foundation`ning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilanganini ma’lum qildi. Biroq, «Iqtisodiy erkinlik» indeksida O‘zbekiston 117-o‘rinni egallab, «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi. Qolaversa, «Sud faoliyati samaradorligi», «Soliq yuki», «Fiskal salomatlik», «Biznes yuritish», «Mehnat bozori erkinligi» indeksida ham KPI`ga erishilmagani tanqid qilindi.

Adliya vazirligi umumiy ovqatlanish sohasidagi asosiy muammolarni sanadi
14 aprel 2022, 14:04

Adliya vazirligi umumiy ovqatlanish sohasidagi asosiy muammolarni sanadi

Adliya vazirligi 2100 ta umumiy ovqatlanish korxonalarini o‘rgangan holda ushbu sohada juda ko‘p tekshiruvlar va murakkab soliq ma’muriyatchiligi mavjudligini aniqladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining 60 foizi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaydi, 30−40 foizi esa «soyada» ishlaydi, deya hisoblaydi vazirlik.

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy
14 aprel 2022, 13:45

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy

O‘zbekistonda xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlar orasida esa 25 foizga yetdi. O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning roliga bag‘ishlangan forumda ayollarning siyosatdagi ishtiroki muhokama qilindi.

Erondagi masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi
14 aprel 2022, 13:13

Erondagi masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi

Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Eronning Toyinobod shahrida qurdirgan masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar aniqlandi. Ayni paytda bitiklarni ilmiy jihatdan o‘rganishga doir ishlar olib borilmoqda.

Aholi qo‘lida qolgan metro jetonlari qayta sotib olinadi
14 aprel 2022, 12:53

Aholi qo‘lida qolgan metro jetonlari qayta sotib olinadi

Toshkent metropoliteni 15 apreldan aholi qo‘lida qolgan jetonlarni amaldagi yo‘l haqi narxida sotib oladi. Jetonlar kassalarda emas, balki Toshkent metropoliteni DUK binosida qabul qilinadi.

O‘zbekiston BMT komissiyasi a’zosi etib saylandi
14 aprel 2022, 12:03

O‘zbekiston BMT komissiyasi a’zosi etib saylandi

O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi etib saylandi. Komissiya dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari bo‘yicha malakali maslahat yordamini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.

Ukrainadan yana ikki fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
14 aprel 2022, 11:55

Ukrainadan yana ikki fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Ukrainadan Ruminiyaga gumanitar yo‘lak orqali qochib o‘tgan o‘zbekistonlik opa-singillar vatanga olib kelindi. Ularga Turkiyadagi homiylar mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilingan.

«O‘ztransgaz» qo‘shimcha 257 mln dollar qarz oladi
14 aprel 2022, 11:27

«O‘ztransgaz» qo‘shimcha 257 mln dollar qarz oladi

«O‘ztransgaz» kompaniyasi 257 mln dollar, shu jumladan «Gazprombank» dan 57,5 mln dollar miqdorida qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qiladi. Kompaniyaga tabiiy gaz bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish, davlat korxonasining moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘onda elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor tadbirkor elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi
14 aprel 2022, 10:30

Kattaqo‘rg‘onda elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor tadbirkor elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi

Samarqand viloyatida elektr ta’minoti korxonasi rahbari elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor MCHJ egasi tomonidan pichoqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli, gumondor esa qamoqqa olingan.

Toshkent hokimi 10 kun ichida asosiy yo‘llardagi chuqurlarni bartaraf etishga ko‘rsatma berdi
14 aprel 2022, 10:16

Toshkent hokimi 10 kun ichida asosiy yo‘llardagi chuqurlarni bartaraf etishga ko‘rsatma berdi

Toshkent hokimi 10 kun ichida asosiy yo‘llardagi chuqurlarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi. Bunda “shahardagi mavjud barcha texnikalarni” jalb qilish va zarur hollarda kechalari ham ishlash rejalashtirilmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev aholidan ta’mirtalab ko‘chalar suratlarini “Xalq nazorati” portaliga yuborishni so‘radi.

Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartiblari belgilandi
14 aprel 2022, 10:01

Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Unda kimlar volontyor bo‘lishi, qaysi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkinmasligi belgilandi.

Yuridik universitetning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi
14 aprel 2022, 09:44

Yuridik universitetning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori oliygoh binosida noqonuniy qurilish qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. U ko‘p asrlik madaniy meros obyekti bo‘lgan universitet binosiga ruxsatsiz o‘zgartirish kiritgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 3−4 foizgacha pasaytirdi
14 aprel 2022, 09:22

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 3−4 foizgacha pasaytirdi

XVJ Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlari ta’sirini hisobga olgan holda, 2022 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 6 foizdan 3−4 foizgacha pasaytirganini ma’lum qildi. Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobi defitsiti YAIMga nisbatan 9,5 foizgacha o‘sishi, inflyatsiya ko‘rsatkichi 12 foiz darajasida saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.

13 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 aprel 2022, 22:00

13 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqlagan hukumat, O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida gapirgan AQSh elchisi, yana sotuvga qo‘yilgan «Sijjak», old o‘rindiqdagi yo‘lovchilarning xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘lgani, narxi oshib borayotgan oq qog‘oz va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatiga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan uch ayolni kiritdi
13 aprel 2022, 20:53

Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatiga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan uch ayolni kiritdi

Buyuk Britaniyaning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan uch ayol, jumladan Alisher Usmonovning ikki singlisi ham kiritildi. Ularning aktivlari muzlatiladi.

O‘zbekiston Yamanda sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi — TIV
13 aprel 2022, 19:53

O‘zbekiston Yamanda sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi bergan intervyu Rossiya OAVlariga yoqmadi
13 aprel 2022, 17:29

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi bergan intervyu Rossiya OAVlariga yoqmadi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida, uning ta’biri bilan aytganda, «urushda qurol sifatida foydalanilayotgan» Rossiya ommaviy axborot vositalari faoliyatining cheklanishi, shuningdek, Vladimir Putin va uning atrofidagilarga qarshi kiritilgan sanksiyalardan ko‘zlangan maqsad xususida so‘z yuritdi. Rossiya ommaviy axborot vositalari va elchixonasi diplomatni tanqid qilib, mazkur intervyuni «yo‘q joydan shovqin ko‘tarish» deb atadi.

Qozog‘istonda 7 va 9 may kunlari harbiy paradlar o‘tkazilmaydi
13 aprel 2022, 16:57

Qozog‘istonda 7 va 9 may kunlari harbiy paradlar o‘tkazilmaydi

Bu yil ham Qozog‘istonda 7-may — Vatan himoyachilari hamda 9-may — G‘alaba kunlarida harbiy paradlar o‘tkazilmaydi. Lekin butun mamlakat bo‘ylab 50 ga yaqin harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkillashtiriladi.

Haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi
13 aprel 2022, 16:47

Haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

Hukumatning 12 apreldagi qarori bilan eski haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Uning muddati haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yilga bog‘liq. Agar ular 2010 yilgacha berilgan bo‘lsa, 2023 yil 31 martgacha almashtirilishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting