Mart oyida Ukrainaning Odessa shahridan Ruminiya poytaxti Buxarestga gumanitar yo‘lak orqali qochib o‘tgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga qaraganda, joriy yil 1 aprel kuni vakolatxonaga O‘zbekiston fuqarolari opa-singillar (biri 1992 y. t., ikkinchisi 1994 y. t.) murojaat qilgan. Ular Ruminiyadan O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan amaliy yordam so‘rashgan.

Bosh konsulxonaning sa’y-harakatlari bilan ushbu fuqarolar 2 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yetib kelgan. 2−5 aprel kunlari ular Istanbuldagi mehmonxonalardan biriga joylashtirilib, zarur oziq-ovqat bilan ta’minlangan.

Turkiyadagi homiylar mablag‘lari hisobidan ikkita aviachipta xarid qilinib, opa-singillar 5 aprel kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.