Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan kelishilgan holda 13 aprel kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi va unga yana 206 nafar tadbirkor va siyosatchi hamda ularning oila a’zolarini qo‘shdi, deb xabar beradi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi sayti. Ro‘yxatdan kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 3 kishi ham o‘rin olgan.

Ulardan birinchisi USM xolding asoschisi Alisher Usmonovning O‘zbekistonda tug‘ilgan, Rossiya fuqaroligini olgan opasi Gulbahor Ismoilovaдир. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Usmonov o‘z singlisiga mol-mulkni o‘tkazgani, jumladan, uni Dilbar yaxtasining yagona egasi qilib qo‘ygani sababli YeI unga qarshi allaqachon sanksiyalar joriy etgan. Aktivlarini muzlatishdan tashqari, Ismoilovaga Buyuk Britaniyaga kirish va mamlakatda qolish taqiqlangan. O‘zbekistonda Gulbahor Ismoilova Toshkentdagi Fedorovich nomidagi klinik sanatoriy ta’sischilari qatoriga kiritilgan (82,1 foiz). Qolgan ulush Kiprning Galenus Limited kompaniyasiga tegishli.

Alisher Usmonovning yana bir singlisi Saodat Narziyevaга nisbatan ham sanksiya qo‘llangan. «Gazeta.uz» uning ismi Shveysariyaning Credit Suisse banki mijozlari ro‘yxatida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar sizib chiqqani ma’lum bo‘lganini xabar qilgan edi. Tadbirkorning matbuot xizmati yirik bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, deb atadi. Saodat Narziyeva Toshkentda akusher-ginekolog bo‘lib ishlaydi. KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, u Humon Quality xususiy klinikasiga ega. Uning Buyuk Britaniyadagi aktivlari ham muzlatib qo‘yiladi va unga mazkur davlatga safar qilish taqiqlanadi. Avvalroq Yevropa Ittifoqi ham unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.

O‘zbekiston fuqarosi Nigina Zairova Rossiyaning Alfa-bankining asosiy egasi Mixail Fridmanning ijrochi yordamchisi sifatida qayd etilgan. Sanksiya hujjatida aytilishicha, u tadbirkor sanksiyalar ostida qolganidan keyin uchta aktivning egasi bo‘lgan. Buyuk Britaniyada u ushbu uchta kompaniyada Fridman nomidan ish olib boradi, deb hisoblashadi. Nigina Zairovaning Buyuk Britaniyadagi aktivlari ham muzlatib qo‘yiladi.